Taqdimotda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Bosh vazirlari, shuningdek Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov, Jahon bankining Markaziy Osiyo bo’yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari ham ishtirok etdi.
Taqdimot davomida Qirg‘izistonning energetika salohiyati, Qambarota GES-1ning bosh rejasi va joylashuvi, loyihaning investitsion ko‘rsatkichlari va afzalliklari, butun Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish jihatlari va mintaqadagi elektr energiyasi bozori muhokama qilindi.
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston oʻrtasida Qambarota GES-1 qurilishi boʻyicha “Yoʻl xaritasi” imzolandi. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Qambarota GES-1ning umumiy loyiha quvvati 1860 MVtga yetib, GESda yiliga 5,6 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Joriy yilning iyun oyida Vena shahrida mazkur loyihani moliyalashtirish modeliga doir “Road Show” o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishtirokchilari uchun energetika loyihalari va Markaziy Osiyo davlatlarining salohiyatiga bag‘ishlangan platforma tashkil etildi.