Qo‘shni davlatlar bilan sheriklikdagi yangi loyihalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. So‘nggi besh yilda ular bilan tashqi savdo hajmi 2,5 barobarga ko‘payib, 6 milliard dollardan oshgan. Yurtimizda qo‘shni davlatlar kapitali ishtirokida 1 ming 700 ta qo‘shma korxona ochilgan.…