Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonda, jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Strategik islohotlar agentligi tomonidan respublika tuman va shaharlarida olib borilgan ishlar davomida tayyorlangan takliflar…

“Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi tashkil etiladi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan uy-joy sohasini rivojlantirish va isloh qilishda “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili asosida kompleks yondashuv ishlab chiqildi. Ushbu tamoyil uy-joy qurilishi va boshqaruvining samarali hamda zamonaviy modelini yaratish, aholining huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va ekologik barqarorlikni oshirishga qaratilgan. Tamoyilning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: – ko‘p kvartirali uylarni qurishda ulushli qurilish…

“Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini ta’minlash va xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida Strategik islohotlar agentligi tomonidan “Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha strategik rejalashtirishning mexanizmlarini joriy etish hamda davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini baholashning kompleks tizimini yaratishni nazarda tutadi. Ushbu…

Joriy yildagi hamkorlik natijalari va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi

Bugun Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muhokamaning asosiy mavzusi 2024-yilda maslahatchi ofisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari va 2025-yilga mo‘ljallangan istiqbolli yo‘nalishlar bo‘ldi. Xususan, S.Chakrabarti ofisi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish…

INNO Technopark negizida “Точка притяжения” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkentdagi “INNO” innovatsion o’quv-ishlab chiqarish texnoparkida birinchi “Точка притяжения” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu markaz INNO Technopark negizida joylashib, ilmiy va innovatsion salohiyatni rivojlantirishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda. Ochilish marosimida Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A. Abduqodirov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Daliev, Skolkovo fan va…

Strategik islohotlar agentligi Yangiyo‘l shahridagi tadbirkorlar muammolarini aniqlamoqda

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida tadbirkorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlardan asosiy maqsad shaharda biznes uchun mavjud to‘siqlarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqishdan iborat edi. Tadbirda ishtirok etgan mahalliy tadbirkorlar o‘z faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar bildirishdi.   Uchrashuv qatnashchilaridan biri bo‘lgan…

“Mamlakat Platformasi”ning 4-davra suhbati: ta’lim, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va kasb-hunar ta’limi masalalari muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahrida vazirlik va idoralar hamda xalqaro rivojlanish bo‘yicha hamkorlarning 90 dan ortiq vakillari ishtirokida O‘zbekiston Mamlakat Platformasining 4-davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’lim, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda kasb-hunar ta’limi sohalaridagi muhim islohotlar bo‘yicha erishilgan yutuqlar muhokama qilindi. Ushbu islohotlar mehnat bozori ehtiyojlariga mos ishchi kuchini tayyorlash va “O‘zbekiston–2030” strategiyasini ilgari surishda muhim ahamiyatga…

24/7 ko‘chalarini tashkil etish mezonlari hamda O‘zbekiston shaharlaridagi ko‘chalar salohiyati o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan tungi iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida chet el mamlakatlarida 24/7 ko‘chalarini tashkil etish mezonlari o‘rganildi. Chet elda 24/7 ko‘chalari 3 xil shaklda tashkil etilgan va ixtisoslashgan: birinchisi, savdo, ko‘ngilochar va turistlar uchun xizmat ko‘rsatishning klaster shakli; Nyu-Yorkning “42”, Sidneyning Paddington hamda Londonning Soho, Tokioning Ebisu ko‘chalari tungi dam olish xizmatlarining yuqori darajada klasterlanishiga…

Strategik islohotlar agentligida tungi iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov raisligida tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Transport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Turizm qo‘mitasi, Statistika agentligi, Toshkent shahri hokimligi va Savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirok…

Ijtimoiy soha obyektlarini inventarizatsiya qilish metodikasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida bir qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida respublika bo‘yicha ijtimoiy soha obyektlarini inventarizatsiya qilish metodikasining muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda shuningdek Buxoro viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini aniqlash va ijtimoiy obyektlarni inventarizatsiya qilish bo‘yicha pilot loyiha natijalarini taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur yo‘nalishdagi asosiy vazifalardan biri barcha…