Oʻzbekistonning investitsion jozibadorligi nimada?

Iqtisodiyotga investitsiya jalb qilish sohasida 2021-yilning asosiy yakunlari, hududlarida loyihalarni tanlash va amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy etish, strategik rejalashtirish sohasida qanday islohotlar va Toshkent xalqaro investitsiya forumi toʻgʻrisida Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori oʻrinbosari Aleksey Sim bilan suhbatlashdik. Qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik…

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirib: Agentlik va USAID

Strategik rivojlanish agentligi va AQSHning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) rahbariyati oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida tomonlar hozirgi kunda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. USAIDning maʼlumotiga koʻra, Agentlik taʼlim sohasi, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, xususiy sektor va boshqa yoʻnalishlarda loyihalarni amalga oshirmoqda. Ikkala Agentlik muhokamalar soʻngida hozirgi va kelgusi loyihalarda hamkorlik qilishga…

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirib: Agentlik va KOICA oʻzaro hamkorlikdagi loyihalar haqida kelishib olishdi

Strategik rivojlanish agentligida Koreyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida tomonlar sogʻliqni saqlash, tadbirkorlik (innovatsion start-aplar) yoʻnalishlaridan tashqari, joriy yilning 24-26-mart kunlarida boʻlib oʻtadigan I Toshkent xalqaro investitsiya forumi va uning doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Xorijiy investorlar Kengashi yigʻilishi haqida ham suhbat olib bordilar. Uchrashuv soʻngida yigʻilish ishtirokchilari hamkorlikda ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishdagi…

Agentlik va YEТTB: oʻzaro hamkorlik samarasi muhokama qilindi

Strategik rivojlanish agentligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida oʻzaro hamkorlik samarasi hamda birgalikda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar haqida soʻz bordi. Shuningdek, 24-26-mart kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan I Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar Kengashining yalpi majlisi hususida ham oʻzaro fikr almashdilar. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari Forumning…

Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun raqamli platforma yaratish masalalari Rossiyalik hamkorlar bilan muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi, Rossiya Federatsiyasining Strategik tashabbuslar agentligi oʻrtasida tuzilgan Memorandumga koʻra, Oʻzbekistonda tadbirkorlar muammolarini aniqlash va hal qilish boʻyicha raqamli platforma yaratish masalasida videoselektor koʻrinishida yigʻilish oʻtkazildi. Mazkur hujjat ijrosi doirasida joriy yilning 3-fevral kuni Rossiya Federatsiyasining “Biznes uchun” tashabbusi – tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha raqamli platformani tashkil etish jarayonlari, uni…

Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Birinchi Toshkent xalqaro investitsion forumi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yangi platforma boʻlib, uning formatida Oʻzbekistonning investitsion salohiyati xalqaro investitsion va biznes hamjamiyatlariga taqdim etiladi. Forum Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiyalashishdan manfaatdor yirik xorijiy investitsiyalar, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb etishga qaratilgan. Bo’lajak tadbir haqidagi barcha ma’lumotlar iift.uz sayti orqali tanishish mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonni hamda 2022-yil – “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini imzoladi. Mazkur Farmon loyihasi 2021-yilning 30-dekabridan 2022-yilning 15-yanvar kuniga qadar 2022-2026.strategy.uz, regulation.gov.uz va jamoatchilik.uz portallari orqali keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazildi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha,…

Erkin iqtisodiyot Indeksi bo‘yicha “Erkin savdo” nazorat ko‘rsatgichida O‘zbekiston rekord darajada o‘z o‘rnini yaxshiladi

Dunyo o‘zgardi. Global rivojlanishda COVID-19 pandemiyasi o‘z asoratlarini qoldirdi. Buning yaqqol misoli sifatida, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 4,3 foizga kamayganini keltirishimiz mumkin, bu 2009 yildagi jahon moliyaviy inqirozidan 2,5 baravar ko‘p degani. O‘zbekistonning to‘g‘ri savdo siyosati, tarifli va tarifsiz to‘siqlarni optimizatsiyasi (tarif ko‘rsatkichlarini pasaytirish, bojxona va nazorat to‘siqlarini yengillashtirish) orqali dastlabki ko‘rsatgichlarga ko‘ra, “Erkin savdo”…

O‘zbekiston-AQSH hamkorligini rivojlantirish yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi strategik rivojlanish agentligida Amerika savdo palatasining Toshkentdagi “Amcham Uzbekistan” vakolatxonasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida o‘zaro hamkorlik istiqbollari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida qo‘shma amaliy chora-tadbirlar amalga oshirish, shu jumladan, Respublikada biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash sohasida yangi loyihalarni tayyorlash muhokama qilindi. Shu yilning mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Birinchi Toshkent xalqaro investitsion forumi”da…

Strategik rivojlanish agentligi faoliyati yuqori doirada muhokama qilindi

12-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi farmoniga muvofiq, Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilgan. Agentlikka investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini oʻrganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash, xalqaro tajriba asosida iqtisodiyot tarmoqlarini isloh…