Joriy yilning 29 mart kuni “Delphos International” va “AKS Service Group”kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv doirasida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yakunlari muhokama qilindi, unda vakillar Forumni o’tkazish va uni muvaffaqiyatli yakunlashdan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Muhokamalar davomida Davlat – xususiy sheriklik yo’nalishlari bo’yicha hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, “Yashil energiya” tarmog’ida uzoq muddatli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog’liq masalalari xususida fikr almashilindi.
Strategik rivojlanish agentligi matbuot xizmati