AQSH Savdo vazirligining Oʻzbekistonga qilgan tashrifi doirasida, AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida savdo va investitsiyalar boʻyicha hadli bitim kengashining Bojxona masalalari boʻyicha mintaqaviy Ishchi guruhining yigʻilishi oʻtkazildi (Trade and Investment Framework Agreement – TIFA).
“Raqamli savdo” boʻyicha TIFAning ishchi guruhi yigʻilishida Strategik rivojlanish agentligi oʻz faoliyati yuzasidan maʼlumot berib oʻtdi, shuningdek, respublikada savdo faoliyatini takomillashtirish va Oʻzbekistonning koʻp tomonlama savdo bitimlari integratsiyalashuviga qaratilgan bir nechta yoʻnalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Ishchi guruh yigʻilishidan soʻng istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida Strategik rivojlanish agentligi, AQSH savdo vazirligi va tadbirning boshqa ishtirokchilari oʻrtasida Agentlikda tashkil etilgan strategik tashabbuslar akseleratori doirasida amaliy hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Bu respublikada investitsion faollik va tadbirkorlikni oshirish sohasidagi masalalarni zudlik bilan va samarali hal etishga qaratilgan.