Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi, Xorijiy investorlar kengashi kotibiyati va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan ishlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi faoliyatini jadallashtirish masalalari boʻyicha muloqot olib borishdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Rsepublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi mamlakat rahbarining 2019-yildagi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bugungi kunga kelib Kengash ikki bora oraliq sessiya oʻtkazgan.
Ularning biri 2019-yilning 16-aprelida boʻlib oʻtib, unda sarmoyadorlar investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish, chet el kapitali himoyasi va ushbu jarayonlarni tartibga solishda davlatning rolini belgilash bilan bir qatorda loyihani amalga oshirishda individual monitoring tartibini optimallashtirish kabi masalalarni koʻrib chiqishgan.
Ikkinchi sessiyada ishtirokchilar 2019-yilning 20-noyabrida yigʻilishgan boʻlib, oʻzbek qonunchiligiga “xolding kompaniyasi” degan taʼrif, “toʻgʻri soliqqa tortish” degan tushuncha, aksiyalarning turli sinflari va korporativ huquqning umumjahon amaliyotida koʻp tarqalgan boshqa konsepsiyalarini kiritish hamda investorlarga korporativ siyosatni belgilashda katta egiluvchanlikni taqdim qilish taklifi ilgari surilgan edi.
Uchrashuv soʻngida tomonlar bir qator hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olishdi.