Strategik islohotlar agentligi tomonidan respublika tuman va shaharlarining o‘zaro kooperatsiyasi va tajriba almashinuviga doir takliflar tayyorlandi

Respublikamizning har bir tuman va shahrining turli yo‘nalishlarda o‘ziga xos tajribasi mavjud bo‘lib, boshqa hududlar bilan o‘zaro hamkorlik asosida yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish, turizm, sanoat sohalarini yanada rivojlantirish va byudjet daromadlarini oshirish imkoniyati mavjud. Masalan, joriy yilda 4 ta tuman – Uychi, Sayxunobod, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari yo‘lga qo‘yilishi hisobiga 4 mingdan ortiq mahalla sanoat va…

Strategik islohotlar agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga yetakchi xalqaro tashkilotlar va konsalting kompaniyalarini jalb qildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan Qoraqalpog‘istonning kompleks iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan taklif va tavsiyalarni jamlash va tahlil qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda Xalqaro maslahat kengashi, “DB Engineering and Consulting”, “Boston Consulting Group” hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi kabi xalqaro tashkilotlar va konsalting kompaniyalaridan kelib tushgan taklif va tavsiyalar jamlandi. Xususan, Xalqaro maslahat kengashi tomonidan ishlab chiqilgan…

Xorijiy konsultant va ekspertlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha takliflari o‘rganildi

Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 19-20-avgust kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasiga uyushtirilgan tashrif davomida yangi “o’sish nuqtalarini” belgilash bo’yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Strategik islohotlar agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir yangi “o’sish nuqtalarini” belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ishlariga vazirlik va idoralarning xorijiy konsultant va ekspertlari jalb qilinib, ular tomonidan tayyorlangan takliflar jamlandi. Jumladan germaniyalik ekspert…

Mamlakat platformasi: vazirlik va idoralar hamda xalqaro hamkorlar tomonidan «O‘zbekiston–2030» strategiyasining ijro holati muhokama qilindi

Bugun vazirlik va idoralar hamda xalqaro hamkorlarning 80 nafardan ortiq vakillari “Mamlakat platformasi”ning uchinchi yig‘ilishi munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan suv resurslari, suv ta’minoti va sanitariya, transport, shahar va qishloq hududlarini rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan uchta ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Suv resurslari,…

Murojaatnoma-2025 loyihasiga tayyorgarlik doirasida vazirlik va idoralar tomonidan jalb etilgan ekspertlar takliflari o‘rganilmoqda

Strategik islohotlar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 29 maydagi PQ-198-son qaroriga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari tomonidan xorijiy konsultant va ekspertlarni jalb etish jarayenini muvofiqlashtiruvchi organ sifatida belgilangan bo‘lib, Agentlik tomonidan mazkur yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2024 yil 29 maydagi PQ–198–son qaror ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron…

Strategik islohotlar agentligi tomonidan xalqaro tashkilotlar va konsalting kompaniyalarining tavsiyalari o‘rganilmoqda

Strategik islohotlar agentligi tomonidan Prezidentimizning O‘zbekiston xalqiga va Oliy Majlisga Murojaatnomasiga tayyorgarlik doirasida 12 ta xalqaro tashkilotlar va konsalting kompaniyalaridan kelib tushgan jami 100 dan ortiq tavsiyalar ko‘rib chiqilmoqda. Taklif va tashabbuslar “Deutsche Bahn” (Germaniya) kompaniyasi, Jahon banki, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, “Reformatiks” (Gruziya), Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki, Shveysariya rivojlanish va hamkorlik agentligi, JSST…

Agentlikda Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Jahon banki delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, Jahon banki loyiha rahbari va katta savdo mutaxassisi Roberto Enchandi, shuningdek Jahon banki ekspertlari Xose Sinore, Anvar Rahmetov va Eskender Trushin ishtirok etdi. Uchrashuvda muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirish, xususan, Jahon banki tomonidan mamlakatning…

O‘zbekiston Respublikasining “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonuni imzolandi

Davlatimiz Rahbari tomonidan 2024 yilning 3 oktyabr kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasining “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonuni joriy yilning iyul-sentyabr oylarida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Strategik islohotlar agentligi yordamida hamda 10 ta vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqildi. Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida, jamoatchilik va kreativ iqtisodiyot vakillari bilan 10 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazilib,…

Strategik islohotlar agentligi direktori IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasidagi panel munozarasida ishtirok etdi

Bugun Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasidagi «Kreativ ekotizim istiqboli: inklyuzivlik, barqarorlik va moslashuvchanlik» mavzusiga bag‘ishlangan panel munozarasida ishtirok etdi. Munozarada shuningdek Rossiya Kreativ iqtisodiyotini rivojlantirish markazi direktori Yekaterina Cherkes-zade ham ishtirok etib, tadbir davomida O‘zbekiston va Rossiyada kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Baxodir Raxmatov O‘zbekistonda yaqinda…

Strategik islohotlar agentligi direktori Butunjahon intellektual mulk tashkiloti vakillari bilan uchrashdi

Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bosh direktori o‘rinbosari Silvi Forbin boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti vakillariga Strategik islohotlar agentligi faoliyati, jumladan, BIMT faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalar yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, uchrashuvda KPI ko‘rsatkichlari, intellektual mulk huquqlarini himoya…