Davlat xizmatida strategik rejalashtirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 3-4-dekabr kunlari Toshkent shahrida «Davlat xizmatida strategik rejalashtirish» seminarining 3-moduli bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston davlat organlari vakillarini zamonaviy strategik rejalashtirish usullari va vositalari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Seminarni Strategik islohotlar agentligi va Latviya Respublikasining Markaziy moliyalashtirish va kontraktlashtirish agentligi (CFCA) tominidan tashkil etilgan bo‘lib, Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) moliyaviy ko‘magi asosida…