Ohangaron shahrini rivojlantirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar o‘rganildi
Strategik islohotlar agentligi xodimlari hududlarning salohiyati va “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash maqsadida Toshkent viloyatining tuman va shaharlariga chiqqan holda qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganmoqdalar. Chinoz, Yangiyo‘l, Oqqo‘rg‘on va Parkent tumanlari o‘rganilgach, Ohangaron shahrini rivojlantirishga doir bir qancha takliflar ishlab chiqildi. Savdo va xizmat ko’rsatish sohasi Ma’lumki, xizmat ko’rsatish va savdo obyektlari uchun biznes maydonini (tijorat mulkini) ko’paytirish o‘rta…