Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Sh.M. Mirziyoyev tomonlaridan geologiya sohasiga investorlarni jalb qilish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.
Respublika isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida xorijiy investorlarni jalb qilgan holda yangi uglevodorod zaxiralarini aniqlash va ishlab chiqarish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
17-avgust kuni Strategik islohotlar agentligida “Petrovietnam Exploration Production Corporation” vitse-prezidenti Nguyen Tiyen Bao bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda respublikada neft va gaz obyektlarini geologiya-qidiruv ishlari sohasidagi loyihalar muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun: 1977-yilda tashkil etilgan “Petrovietnam Exploration Production Corporation” Vetnam Sotsialistik Respublikasi davlat neft kompaniyasi hisoblanadi. Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Myanma, Jazoir, Iroq va Rossiya kabi mamlakatlarda loyihalari mavjud. Yillik aylanmasi – 27 milliard dollar.
Vetnamlik hamkorlar Oʻzbekistonda yangi uglevodorod zaxiralarini aniqlash maqsadida geologiya-qidiruv ishlariga sarmoya kiritish rejalari bilan oʻrtoqlashdi.
Yigʻilish yakunlari boʻyicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Petrovietnam Exploration Production Corporation” oʻrtasida ryespublikaning Kossor, Shoʻrchashma, Chuqurkoʻl uchastkalarida geologik qidiruv ishlarini boshlash toʻgʻrisida bitimlar imzolandi.