Strategik islohotlar agentligi va Qozog‘iston Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi o‘rtasida 2025-yilga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi imzolandi
2024-yil 21–22-noyabr kunlari Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov boshchiligidagi delegatsiyaning Qozog‘istonga uyushtirilgan tashrifi natijalaridan biri sifatida 2025-yilga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi imzolandi. Ushbu Reja ikki mamlakat o‘rtasida raqamli transformatsiya, ijtimoiy rivojlanish va hududiy salohiyatni yaxshilash kabi strategik yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Rejada uzoq muddatli tashabbuslarning samaradorligini oshirish maqsadida strategik rejalashtirish yondashuvlari va metodologiyasini o‘rganish…