“Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ustida muhokamalar davom etmoqda

2024-yil 28-mart kuni Strategik islohotlar agentligi, Agentlik huzuridagi Delivery Unit guruhi, vakolatli davlat organlari, xususiy oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar, soha vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida qonunchilikka rejalashtirilgan o‘zgartirishlar hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi xatarlarni aniqlash, boshqarish, tahlil va monitoring qilishga qaratilgan Hazard Analysis and Critical Control Points (HACCP) tizimini joriy…