Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining qo‘shimcha “o‘sish nuqtalari” o‘rganildi
Strategik islohotlar agentligi xodimlari Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga xizmat safari davomida tumanning salohiyatini o‘rganib, qo‘shimcha “o‘sish nuqtalarini” aniqladilar. Mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda olib borilgan o‘rganishlarda sanoat sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda tumanda 162 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritadi, shulardan 3 tasi yirik, 159 tasi kichik biznes sub’yektlariga to‘g‘ri keladi. Tadbirkorlar tomonidan sanoat loyihalarini amalga…