Agentlik tomonidan biznes-g’oyalar va jamoat tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash uchun xizmat qiladigan elektron platformalar tahlil qilindi

Bir qator xorijiy mamlakatlarda (Xitoy, Yaponiya, Qozog‘iston, Rossiya, Fransiya) davlat tomonidan biznes-g‘oyalarni tanlash, qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishga ko‘maklashish, tadbirkorlarga maslahat yordami ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatlar hukumatlari tomonidan davlatning ishbilarmon doiralar bilan qayta aloqa qilishning samarali vositalari ishlab chiqilgan. Ushbu vositalar kichik va o’rta korxonalar vakillariga mo‘ljallangan. Ma’lumot uchun: butun dunyo bo’ylab korxonalarning…

Yangi biznes-yo‘nalishlar: jahon tendensiyasi va O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari

Strategik islohotlar agentligi butun dunyoda ommalashayotgan yangi biznes yo‘nalishlarini mamlakatimizga jalb qilish imkoniyatini o‘rganib chiqib, takliflarni shakllantirdi. So‘nggi yillarda butun dunyoda yangi biznes yo‘nalishlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Jumladan, elektron tijorat bozori 2026 yilga borib 8,1 trln dollarga yetishi kutilmoqda, bunda o‘sish sur’ati yiliga 20 foizdan yuqori ko‘rsatkichni namoyon qiladi. 2023 yilda global shering iqtisodiyot (sharing economy) bozori 3,35 trln…

Strategik islohotlar agentligida McKinsey&Company bilan rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi

Yaqinda Strategik islohotlar agentligida McKinsey&Company vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda McKinsey&Company kompaniyasining katta hamkorlari Gassan Al-Kibsi, Sinan Koksoy, McKinsey kompaniyasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Dulatbek Ikboyev, O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Rustam Shanazarov va har ikki tashkilotdan boshqa vakillar ishtirok etdi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, McKinsey&Company bilan transport infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash va eksport salohiyatini oshirish…

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini transformatsiya qilishning o‘ziga xos jihatlari

 Strategik islohotlar agentligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi vakolatlarini kuchaytirish, mahalliy boshqaruvning samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini joriy qilish masalalari o‘rganilmoqda. O‘rganish davomida mahalliy hokimliklar faoliyati samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi bir qator omillar mavjudligi aniqlandi. Ular orasida quyidagi asosiy omillarni keltirish mumkin: 1) “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun 1993-yilda…

Uchuvchisiz uchish qurilmalarini iqtisodiyot sektorlarida qo‘llash istiqbollari o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan uchuvchisiz uchish qurilmalari bilan bog’liq jahon tajribasi o‘rganilib, ularni iqtisodiyot sektorlarida qo‘llashga doir takliflar ishlab chiqildi. Qishloq xo‘jaligi – uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri hisoblanib (ekinlar holatini kuzatib borish, pestitsidlarni purkash, tuproq holatini, sug‘orish darajasini tahlil qilish, kasalliklarni aniqlash va h.k.) 2023 yilda jahon uchuvchisiz uchish qurilmalar bozorining…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori ijrosining tahlili

Strategik islohotlarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasida (2024-yil 4-martdagi PQ–109-son qaror) 2024 yilning mart, aprel va may oylaridagi vazifalar ijrosi holati tahlil qilindi. Mart–may oylarida 5 ta qonun, 3 ta farmon, 10 ta Prezident qarori, 8 ta Hukumat qarori, 4 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami 30 ta) ishlab chiqilishi belgilangan. Hozirda 13 ta topshiriq ijrosi ta’minlanib (43%), 3 ta Farmon, 3 ta Prezident qarori,…

Agentlik tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining iqtisodiy “o‘sish nuqtalari” aniqlandi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari poytaxt tumanlari hokimliklari vakillari bilan birgalikda Toshkent shahri tumanlarida iqtisodiy o‘sishning yangi imkoniyatlarini joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlarini davom ettirmoqdalar. Xususan, yaqinda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek  tumani salohiyati o‘rganilib, tumanni rivojlantirishga doir bir qancha istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi. Ma’lumki, Mirzo Ulug‘bek tumani asosan xizmat ko‘rsatish va sanoatga ixtisoslashgan bo‘lib, 2023-yilda xizmatlar hajmi…

Portugal Parque Escolar dasturi asosida umumta’lim maktablarini modernizatsiya va yangilash

Strategik islohotlar agentligi Portugaliyada umumta’lim maktablarini yangilash va modernizatsiya qilish tajribasini o‘rgandi. “Parque Escolar” dasturi Yevropa Komissiyasining “Ta’lim infratuzilmasiga samarali va inklyuziv investitsiyalar kiritish”ga doir tadqiqotida yaxshi amaliyot namunasi sifatida keltirilgan. Dastur har bir maktab tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim loyihasiga, uning ehtiyojlari, maqsadlari va xususiyatlariga moslashtirilgan maktab binosi modelini ishlab chiqishga ko‘maklashadi. Dasturni rejalashtirish, boshqarish,…

Ilg‘or tajriba: “Rossiya liderlari” tanlovi

“Rossiya – imkoniyatlar mamlakati” notijorat tashkiloti tomonidan 2017 yildan buyon har yili istiqbolli rahbarlarni  aniqlash, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Rossiya liderlari” ochiq tanlovi o‘tkazib kelinadi. 2017–2023-yillardagi tanlovlarda Rossiya va 150 ga yaqin mamlakatlardan jami 1 milliondan ortiq shaxslar ishtirok etish istagini bildirgan. Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining o‘zbekistonlik talabasi Akobir Rajabov 2022-yilda tanlovda g‘olib deb topilgan. 2023-yildagi tanlovda Rossiyaning…

Yod tanqisligining oldini olish: tegishli qonunning takomillashtirilishi aholi salomatligiga qanday ta’sir qilishi mumkin?

Yod tanqisligi aholi salomatligi va farovonligiga jiddiy ta’sir qiluvchi muammolardan biri hisoblanadi. Yod qalqonsimon bezning barqaror ishlashi va miya rivojlanishi uchun zarur bo‘lib, ayniqsa yosh bolalar va homilador ayollar salomatligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Delivery Unit ofisi xodimlari bu boradagi mavjud muammolarni o‘rganib, yod tanqisligining oldini olishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish…