Strategik islohotlar agentligi Portugaliyada umumta’lim maktablarini yangilash va modernizatsiya qilish tajribasini o‘rgandi.
“Parque Escolar” dasturi Yevropa Komissiyasining “Ta’lim infratuzilmasiga samarali va inklyuziv investitsiyalar kiritish”ga doir tadqiqotida yaxshi amaliyot namunasi sifatida keltirilgan. Dastur har bir maktab tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim loyihasiga, uning ehtiyojlari, maqsadlari va xususiyatlariga moslashtirilgan maktab binosi modelini ishlab chiqishga ko‘maklashadi.
Dasturni rejalashtirish, boshqarish, ishlab chiqish va dasturni amalga oshirish uchun mas’ul bo’lgan qurilish kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Dasturga ko‘ra, maktabning konseptual modeli uchta asosiy tamoyilga asoslanadi: turli funksional yo‘nalishlarni integratsiya qilish, ularning kompleks faoliyati uchun kafolatlangan shart-sharoitlar va maktabdan tashqari vaqtlarda keng jamoatchilik foydalanishi mumkin bo‘lgan ayrim sektorlarni ochish.
Dastur doirasida 2021 yilgacha 176 ta maktab (Portugaliyadagi barcha oʻrta maktablarning 37 foizi) taʼmirlangan. Portugaliyada ta’mirlash ishlariga bo‘lgan ehtiyoj har 10 yilda ko’rib chiqiladi. Ta’mirlash ishlaridan so’ng, qurilish tashkiloti binolarni saqlash choralarini ko‘radi. Ushbu dastur doirasida kelgusi 30 yilga maktabni saqlash va ta’mirlash ishlari rejalashtiriladi.
Shu tarzda u aktivlarning ishdan chiqishi yoki holatining yomonlashishi ehtimolini kamaytiradi. Buning uchun ikki turdagi ish amalga oshiriladi:
– avariyaviy texnik xizmat ko’rsatish ishlari maktabdagi texnikdan tashqari 24 soat xizmat ko‘rsatishga tayyor zaxira guruhlari tomonidan amalga oshiriladi;
– qurilish tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan mol-mulkning bosqichma-bosqich eskirishi munosabati bilan rejalashtirilgan ta’mirlash.
Qurilish kompaniyasi quyidagi manbalar orqali moliyalashtiriladi:
– dastur qiymatining 42 foizigacha bo‘lgan miqdorda ajratiladigan taraqqiyot banklarining o‘rta va uzoq muddatli kreditlari;
– Portugaliya hukumati yoki Yevropa Ittifoqi dasturlaridan olingan beg‘araz mablag‘lar;
– kompaniyaga qarashli maktabdan tashqari binolardan ijara haqi;
– Portugaliya Moliya vazirligi kreditlari;
– ta’mirlangan maktablardan olinadigan ijara haqi.
Portugaliya hukumati bilan imzolangan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra qurilish kompaniyasi ijara evaziga 30 yil davomida ta’mirlangan maktablarni saqlab borish va yangilash uchun javobgar bo‘ladi.
Ijara to’lovi kompaniyani sifatli maktablar qurishga undaydi, chunki ijara bir martalik ta’mirga bog’liq emas, balki ularni o’z ham ichiga oladi. Rejalashtirilgan texnik xizmat ko’rsatish shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Bundan tashqari, kompaniya maktab infratuzilmasi mavjud bo’lmagan har bir soat uchun jarimaga tortiladi.