Yod tanqisligining oldini olish: tegishli qonunning takomillashtirilishi aholi salomatligiga qanday ta’sir qilishi mumkin?
Yod tanqisligi aholi salomatligi va farovonligiga jiddiy ta’sir qiluvchi muammolardan biri hisoblanadi. Yod qalqonsimon bezning barqaror ishlashi va miya rivojlanishi uchun zarur bo‘lib, ayniqsa yosh bolalar va homilador ayollar salomatligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Delivery Unit ofisi xodimlari bu boradagi mavjud muammolarni o‘rganib, yod tanqisligining oldini olishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish…