Strategik islohotlarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasida (2024-yil 4-martdagi PQ–109-son qaror) 2024 yilning mart, aprel va may oylaridagi vazifalar ijrosi holati tahlil qilindi.
Mart–may oylarida 5 ta qonun, 3 ta farmon, 10 ta Prezident qarori, 8 ta Hukumat qarori, 4 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami 30 ta) ishlab chiqilishi belgilangan.
- Hozirda 13 ta topshiriq ijrosi ta’minlanib (43%), 3 ta Farmon, 3 ta Prezident qarori, 3 ta Hukumat qarori qabul qilingan va 4 ta chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan, hozirda ularni amaliyotga joriy qilish ishlari olib borilmoqda.
- 4 ta hujjat loyihasi Davlat Rahbariga axborot berishga (imzolashga) tayyorlanmoqda:
a)112ta tuman va shaharlarning master-rejalarini tayyorlash, ularni ishlab chiqish mezonlarini belgilash, kelishish va tasdiqlash tartibini joriy etish bo‘yicha Prezident va Hukumat qarorlari.
2024-yil 19-iyun kuni Davlatimiz Rahbari tuman va shaharlarning master rejalarini ishlab chiqishga oid taqdimot bilan tanishdi.
b) Oziq-ovqat sanoatida xalqaro standartlarni joriy qilish orqali korxonalar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha Hukumat qarori;
d) Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan elektron savdo platformasini yaratish bo‘yicha Hukumat qarori.
Shuningdek, 2030 yilga qadar gaz bozorini isloh qilish dasturi hozirda “BCG” konsalting kompaniyasining ekspertlari ishtirokida takomillashtirilib, Davlat Rahbari huzurida taqdimot o‘tkazish rejalashtirilgan.
- 3ta qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan bo‘lib, hozirda deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda:
a) Tadbirkorlik kodeksi;
b) “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonun;
v) Yer kodeksiga kishloq xo‘jaligi ekinlarini ma’muriy joylashtirishdan voz kechish, minimal hosildorlik va fermerlar kengashiga majburiy a’zolikni bekor qilish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi.
Shuningdek, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini tez kunlarda Qonunchilik palatasiga kiritish rejalashtirilgan.
- Quyidagi 8 ta masala bo‘yicha tegishli loyihalar Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilmoqda:
a) “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi;
b) g‘alla yetishtirishga imtiyozli kreditlarni bevosita fermer xo‘jaliklariga ajratish bo‘yicha Prezident Farmoni;
d) 2030yilgacha yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasi bo‘yicha Prezident qarori;
e) 30mlrd dollarlik DXSH loyihalari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha Prezident qarori;
f) axborot taqdim etish tizimini takomillashtirish hamda turizm sohasidagi yangi imkoniyatlar bo‘yicha Prezident qarori;
g) 5ta tumanda (To‘rtko‘l, Andijon, Beshariq, Urgut va Chiroqchi) suyultirilgan gazni yetkazib berish funksiyasini xususiy operatorlarga o‘tkazish bo‘yicha Prezident qarori;
h) 14ta tumanda agroxizmatlar markazlarini (AKIS) tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarori;
i) suv o‘lchash qurilmalari o‘rnatiladigan obyektlar va nuqtalar ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha Hukumat qarori.