2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha axborot berildi

Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda. Xususan, rejada 2024 yilning mart va aprel oylarida belgilangan vazifalar yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 5 ta normativ-huquqiy hujjat…

Maʼlumotlar asosida qaror qabul qilish jarayonini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun poytaxtning InterContinental mehmonxonasida Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Delivery Unit guruhi tomonidan “Davlat siyosatini shakklantirishda imkoniyatlarni kengaytirgan holda: ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish” mavzusida seminar tashkil etildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Jahon banki hamda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar hamdo‘stlik masalalari va taraqqiyot vazirligi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda tegishli vazirlik va idoralar…

Sharof Rashidov tumani salohiyatidan kelib chiqqan holda tegishli takliflar ishlab chiqildi

Agentlik xodimlari tomonidan Jizzax viloyatida olib borilgan tahlillar davomida Sharof Rashidov tumanining salohiyati va qo‘shimcha “o‘sish nuqtalarini” o‘rgandilar. O‘rganishlar davomida SIA xodimlari asosan sanoat, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalariga e’tibor qaratib, rivojlantirish mumkin bo‘lgan bir qator yo‘nalishlarni belgilash bilan birga, tegishli takliflar ishlab chiqdilar. Ma’lumot uchun: joriy yilning 1-yanvar holatiga Sharof Rashidov tumanining doimiy aholisi…

Agentlikda BAA Bosh vaziri devoni vakili bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov BAA Bosh vaziri devoni xodimasi Manal bin Salem bilan uchrashib, O‘zbekiston va BAA o‘rtasida so‘nggi 5 yildagi ikki tomonlama hamkorlik yakunlari, xususan, qo‘shma loyihalarning bugungi holati, kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi. B.Raxmatov BAA vakilini Agentlikning asosiy funksiya va vazifalari, jumlada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qarorida belgilangan…

McKinsey & Company bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Strategik islohotlar agentligida McKinsey & Company (AQSh) konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda SIA direktori Baxodir Raxmatov, McKinsey kompaniyasining Markaziy Osiyodagi rahbari Dulatbek Ikboyev, davlat sektori va turizm bilan ishlash bo‘yicha loyiha menejeri Ayjana Distiyarova, kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rustam Shanazarov, SIA direktori o‘rinbosari Rustamxon Azizov, shuningdek boshqa mutaxassislar ishtirok etdi. Yig‘ilishda SIA…

Milliy valyuta kursining qadrsizlanishi, zaxiralarning qisqarishi hamda to‘lov balansidagi nomutanosibliklar

2023 yilda milliy valyutaning dollarga nisbatan qadrsizlanishi 9,2 foizni tashkil etib, so‘nggi uch yilda birinchi marta valyuta kursining qadrsizlanishi yillik inflyatsiyaga nisbatan yuqori shakllandi. Xususan yil davomida umumiy inflyatsiya 8,8 foizni tashkil etgan (1–diagramma). Maʼlumot uchun: 2022 yilda milliy valyutaning qadrsizlanishi 3,3 foiz, inflyatsiya 12,3 foiz, 2021 yilda milliy valyuta qadrsizlanishi 2,9 foiz, inflyatsiya esa…

Agentlik direktori maxsus iqtisodiy zonalar bo‘yicha xorijiy ekspert bilan uchrashdi

III Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov “Adisri” konsalting kompaniyasining strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Indranil Das Gupta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish yo‘nalishida 15 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Indranil Das Gupta Hindistonning bir qator shaharlarida 5500 gektardan ortiq yer maydonidagi maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirishda bevosita qatnashgan.…

Agentlik rahbariyati S.Chakrabarti va uning loyiha ofisi ekspertlari bilan uchrashdi

Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Suma Chakrabarti o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda S.Chakrabarti loyiha ofisi ekspertlari Mandip Beyns, Mari-Enn Birken, Djonatan Charlz, SIA direktori o‘rinbosari Rustamxon Azizov hamda Agentlik huzuridagi Delivery Unit ofisi rahbari Aziza Umarova ishtirok etdi. Uchrashuvda muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri S.Chakrabarti loyiha ofisi bilan birgalikda 2024 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga doir “yo‘l xaritasi”ning ijro holatiga bag‘ishlandi. Xususan, Mandip Beyns…

Jizzax viloyati rivojlanishining yaqin istiqbollari va ustuvorlari

Shu yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining bir guruh xodimlari Agentlikning direktori boshchiligida Jizzax viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy potensiali va o‘sish nuqtalari imkoniyatlarini o‘rganib chiqdilar. O‘rganish natijasida 105 ta tashabbus tariqasida takliflar ishlab chiqilib, ular qishloq xo‘jaligi, biznesni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani rivojlantirish va aholi bilan muloqotni rivojlantirish yo‘nalishlarini o‘zida jamladilar. Tabiiy-ki, o‘rganish davomida viloyat mutassaddi tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari…

Между АСР и Агентством стратегических инициатив России (АСИ) принята программа сотрудничества на 2024 год

В рамках III Ташкентского международного инвестиционного форума состоялась встреча директора Агентства стратегических реформ Баходира Рахматова и генерального директора Агентства стратегических инициатив России Светланы Чупшевой. Подписанная на встрече программа практических мер по взаимному сотрудничеству включает 12 направлений и 38 связанных с ними мероприятий. Руководство Агентств договорилось об обмене опытом, связанным с новыми практиками и решениями в сферах…