III Toshkent xalqaro investitsiya forumining energetika masalalariga oid sessiyasida Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

Taqdimotda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Bosh vazirlari, shuningdek Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov, Jahon bankining Markaziy Osiyo bo’yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari ham ishtirok etdi. Taqdimot davomida Qirg‘izistonning energetika salohiyati, Qambarota GES-1ning bosh rejasi va joylashuvi, loyihaning investitsion ko‘rsatkichlari va afzalliklari, butun Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish jihatlari…

Strategik islohotlar agentligi va Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi (STA) o‘rtasida 2024 yildagi hamkorlik dasturi qabul qilindi

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan III Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov va Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi bosh direktori Svetlana Chupsheva o‘rtasida ushrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikka doir imzolangan amaliy chora-tadbirlar dasturi 12 ta yo‘nalish va ular bo‘yicha 38 ta tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Agentliklar rahbariyati o‘rtasida 2024 yil davomida iqtisodiyot,…