Strategik rejalashtirishning yangi bosqichi

Pandemiyadan keyingi dunyoda sodir bo‘layotgan mintaqaviy harbiy mojarolar, iqtisodiy inqirozlarning yuqori xavflari va boshqa keng ko‘lamli o‘zgarishlar davrida, sanoat, korporativ va individual munosabatlarda istalgan yuqori natijalarga erishish vositasi bu to‘g‘ri strategik rejalashtirishdir. Strategik rejalashtirish davlat miqyosidagi maqsadlarga erishishning muhim vositasidir. Shu sababdan, so‘nggi 10 yil ichida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davlat boshqaruvini strategik rejalashtirish tizimi keng…

Agentlikda “UzAssystem” va “S&P Global” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi

Strategik islohotlar agentligida “UzAssystem” va “S&P Global” kompaniyalari vakillari bilan energiya xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Birinchi yig‘ilishda SIA direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, “UzAssystem” QK bosh menejeri Nikolas Dyugot, biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer N.Aisaeva hamda “Assystem” kompaniyasi vakili Edgar Seeberger va Agentlikning boshqa vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida “UzAssystem” vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining…

Agentlik tomonidan Bekobod shahrini rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan Bekobod shahridagi joriy holat o‘rganilib, joyga chiqqan holda shaharning o‘ziga xos salohiyati hamda “o‘sish nuqtalari” aniqlandi va tegishli takliflar ishlab chiqildi. Qisqa ma’lumot: Bekobod shahri 2-toifaga kiradi, shaharning umumiy maydoni 3,165 km2 tashkil etib, 35 ta mahallada 104,1 ming nafar aholi istiqomat qiladi. O‘tgan yilda shahar byudjeti daromadlari 88,1 mlrd so‘mni,…

Agentlikda BCG kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida “Boston Consulting Group” (AQSh) kompaniyasi vakillari bilan iqtisodiyotning alohida tarmoqlarining transformatsiyasida ishtirok etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktori Baxodir Raxmatov, uning o‘rinbosari Rustamxon Azizov, BCGning O‘rta yer dengizi, Kaspiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy rahbari Davide Di-Domeniko, Kaspiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy rahbari Rza Nuriyev, hamda kompaniyaning O‘zbekistondagi…

O‘zbekiston kichik aviatsiyasi: tahlil, joriy holat va takliflar

Strategik islohotlar agentligi tomonidan kichik aviatsiyaga oid xorijiy tajriba va mazkur yo‘nalishning iqtisodiy o‘sishga ta’siri o‘rganilgan holda yo‘nalishni rivojlantirishga doir bir qator takliflar ishlab chiqildi. Kichik aviatsiya maksimal uchish og‘irligi 495 kgdan 8 600 kilogrammgacha bo‘lgan va yo‘lovchilar soni 19 tadan oshmaydigan yengil samolyotlarni, shuningdek deltaplan, planer va havo sharlarini o‘z ichiga oladi. Mazkur tarmoqdan turizm,…

Bekobod tumanining salohiyati va “o‘sish nuqtalari” o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan Bekobod tumanidagi joriy holat joyga chiqqan holda o‘rganilib, tumanning o‘ziga xos salohiyati inobatga olingan holda qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalari” aniqlandi va tegishli takliflar ishlab chiqildi. Qisqa ma’lumot: Bekobod tumani 3-toifaga kiradi, tumanning umumiy maydoni 756 km2 tashkil etib, 51 ta mahallada 165,7 ming nafar aholi istiqomat qiladi. O‘tgan yilda tuman byudjeti…

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va import hajmlari

Mamlakatimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari bugungi kunda nafaqat ichki bozorni balki jahon bozorini ham to‘ldirib kelmoqda. O‘tgan yili 23 mln tonna poliz mahsulotlari va meva-sabzavot yetishtirildi, qayta ishlash orqali 86 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 1,7 mlrd dollardan oshdi. Oxirgi 5 yilda oziq–ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yillik o‘sishi o‘rtacha 18 foizni tashkil etmoqda.…

Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda hududiy rivojlantirish agentliklarining ahamiyati

Strategik islohotlar agentligi Hududiy rivojlantirish agentliklari (HRA) misolida xorijiy mamlakatlarning mintaqaviy va hududiy rivojlantirish sohasidagi taniqli siyosiy arboblar hamda olimlarning bayonotlari va fiklarini o‘rganib, jamlab chiqdi. Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Boris Jonson Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosat va mintaqaviy rivojlanish tashabbuslari muhokama qilingan intervyusida shunday dedi: “Hududiy rivojlantirish agentliklari yirik shahar markazlaridan tashqarida iqtisodiy o‘sish…

O‘rta Chirchiq tumanini rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan O‘rta Chirchiq tumanidagi joriy holat o‘rganilib, tumanning o‘ziga xos salohiyatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalari” aniqlandi va tegishli takliflar ishlab chiqildi. Alohida e’tibor qaratilgan yo‘nalishlardan biri infratuzilma masalasi bo‘lib, O‘rta Chirchiq tumanida mazkur yo‘nalishda bir qator muammolar borligi, jumladan, tumanning elektr energiyasi ta’minoti asosiy 9 ta 110/35/10/6 kv nimstansiyalar…

Tashqi savdoni milliy valyutada amalga oshirish imkoniyatlari

Butun dunyo tovar savdosining qariyb 80 foizi dollarda amalga oshiriladi. Xususan, tovar eksportidagi dollar ulushi Amerika qit’asida 96 foiz, Osiyo–tinch okeanida 74 foiz, Yevropada 23 foiz (mazkur holat mintaqada valyuta ittifoqining mavjudligi bilan izohlanadi), dunyoning boshqa davlatlarida 79,4 foizni tashkil etadi. Mamlakatimizning tashqi savdosida dollar va yevroning ulushi yuqori hisoblanadi. Xususan, 2019 yilda importda yevro va dollarning ulushi 95 foizni tashkil etgan…