Joriy yilning 3-4-dekabr kunlari Toshkent shahrida «Davlat xizmatida strategik rejalashtirish» seminarining 3-moduli bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston davlat organlari vakillarini zamonaviy strategik rejalashtirish usullari va vositalari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Seminarni Strategik islohotlar agentligi va Latviya Respublikasining Markaziy moliyalashtirish va kontraktlashtirish agentligi (CFCA) tominidan tashkil etilgan bo‘lib, Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirildi.
Seminarning 3-moduli yondashuv va maqsadlarni shakllantirishga bag‘ishlanib, davlat xizmatida strategik fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha dasturning asosiy bosqichlaridan biri sifatida o‘tkazildi. Ishtirokchilar nazariy asoslarni o‘rganibgina qolmay, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar.
Ekspertlar Mara Simane va Sanita Vasilyeva 3 ta asosiy yo‘nalishni qayd etdilar:
– yondashuvni shakllantirish, unda ishtirokchilar harakatlarning izchilligini ta’minlaydigan aniq kontseptsiyalarni yaratish bo‘yicha tushuncha berildi;
– SMART-maqsadlarni belgilash, bu maqsadlarga erishishda samaradorlikni oshirish uchun SMART-mezonlarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratildi;
– “muammolar daraxti” yondashuvi, bu ijtimoiy va iqtisodiy muammolarning sabab-oqibat aloqalarini aniqlashga yordam berdi.
Seminardagi asosiy vazifa “O‘zbekiston-2030” strategiyasi uchun maqsad va vazifalarni ishlab chiqish bo‘ldi. Ishtirokchilar mavjud muammolarni tahlil qilishdi, “muammolar daraxti”ni tuzdilar va sektor strategiyalarining asosi bo‘la oladigan maqsad va vazifalarni ishlab chiqdilar. Bu jarayon milliy maqsadlarga tezroq erishish imkonini beruvchi innovatsion yechimlar yaratish imkonini berdi.
Yakuniy sessiya manfaatdor tomonlarni strategik rejalashtirish jarayoniga jalb etish masalalariga bag‘ishlandi. O‘tgan modul xalqaro hamkorlik va ilg‘or metodikalar davlat boshqaruvi yondashuvini qanday o‘zgartirishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatdi.