Strategik islohotlar agentligi Hududiy rivojlantirish agentliklari (HRA) misolida xorijiy mamlakatlarning mintaqaviy va hududiy rivojlantirish sohasidagi taniqli siyosiy arboblar hamda olimlarning bayonotlari va fiklarini o‘rganib, jamlab chiqdi.
Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Boris Jonson Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosat va mintaqaviy rivojlanish tashabbuslari muhokama qilingan intervyusida shunday dedi:
“Hududiy rivojlantirish agentliklari yirik shahar markazlaridan tashqarida iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun zarurdir. Mahalliy jamoat va korxonalarga ko‘maklashish orqali biz buyuk Britaniyadagi har bir mintaqaning to‘liq imkoniyatlarini ochishimiz mumkin.”
Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel Germaniyada hududlardagi tengsizlik va iqtisodiy rivojlanish haqidagi nutqida quyidagilarni ta’kidladi:
“Hududiy rivojlantirish agentliklari, Sharqiy va G‘arbiy Germaniya birlashgandan beri, ular o‘rtasidagi iqtisodiy yaqinlashuvni rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi. Infratuzilma, ta’lim va innovatsiyalarga sarmoya kiritish orqali biz mintaqalar orasidagi farqni qisqartirishda davom etishimiz kerak.”
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2021-yilda Strategik rivojlanish va milliy loyihalar bo‘yicha Kengash yig‘ilishida mintaqani rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
“Hududiy agentliklarning rivojlanishi mintaqalarimizdagi barqaror iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikda muhim rol o‘ynaydi. Investitsiyalarni jalb qilish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash ushbu agentliklar uchun muhim vazifadir.”
AQSh sobiq Prezidenti Barak Obama 2013-yildagi “Barqaror millat” nutqida Hududiy rivojlantirish agentliklari va institutlarning roli haqida shunday dedi:
“Appalachi mintaqaviy komissiyasi kabi Hududiy rivojlanish agentliklari iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va kam ta’minlangan hududlarda imkoniyatlarni yaratish uchun juda muhimdir. Infratuzilma va ishchi kuchini rivojlantirishga sarmoya kiritish orqali biz barcha amerikaliklar uchun yanada inklyuziv iqtisodiyot yaratishimiz mumkin”.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 2021-yilda Hududiy rivojlanish va innovatsiyalar forumidagi nutqida quyidagilarni ta’kidladi:
“Mintaqamizda teng imkoniyatlar yaratish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashda Hududiy rivojlanish agentliklari muhim rol o‘ynaydi. Hukumat o‘z salohiyatini rivojlantirishga sarmoya kiritishni davom ettirishga sodiqdir. Hududlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaratishni o‘z ichiga olgan kompleks strategiya zarur.”
Bristol universiteti (Buyuk Britaniya) huduiy boshqarish va davlat siyosati bo‘yicha professori Sara Ayres “Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda hududiy agentliklarning roli” mavzusida ko‘plab ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Misol uchun, o‘zining maqolalaridan birida Hududiy rivojlatirish agentliklar qanday maqsad va vazifalarni bajarish kerakligini ta’kidlab o‘tgan:
“Hudiy rivojlanish agentliklarining samaradorligi ularning siyosati va faoliyatini har bir hududning o‘ziga xos yehtiyojlari va kuchli tomonlariga moslashtirish qobiliyatiga bog‘liqdir. Umumiy yondashuv hududiy farqlarni va muammolarni hal qila olmaydi.”
Boshqacha qilib aytganda, professor Sara Ayres har bir hududni o‘ziga xos jihatlari va muayyan muammolariga mahalla va tumanlar darajasida individual yondashishni talab qilishini ta’kidladi.
Professor Pinar-Savash Yavuzchehre Xalqaro iqtisodiy muammolarni o‘rganish instituti uchun tayyorlangan hisobotida Yevropa va Turkiyadagi mintaqaviy rivojlanish agentliklarining qiyosiy tahlili yuzasidan bayonot qilib, unda quyidagilarni keltirgan:
“Hududiy rivojlanish agentliklarining qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning muvaffaqiyati ko‘pincha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash darajasi, yetakchilik sifati va mahalliy jamoalarni jalb qilish darajasiga bog‘liq. Samarali agentliklar o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish va hududiy muammolarni hal qilish uchun innovatsion yechimlarni faol izlash qobiliyatini namoyish etishadi.”
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, mamlakatimizda hududlar salohiyatini o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha yaxlit tuzilmani tashkil etish iqtisodiy muvaffaqiyatga erirish yo‘lida talab etiladigan qadamlardan biri bo‘ladi.