Oʻzbekistonda investitsiya siyosati va transport aloqalarini rivojlantirish masalalari OECD bilan muhokama qilindi

4-mart kuni Strategik islohotlar agentligida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv daomida “Oʻzbekistonda investitsiya siyosatini barqaror isloh qilish yoʻl xaritasi” loyihasi, shuningdek, transport aloqalari sohasidagi dolzarb muammolar, mamlakatda savdo va integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan siyosat chora-tadbirlari muhokama qilindi. Yig‘ilishda tadbirkorlik va investisiyalar uchun huquqiy muhitni takomillashtirish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishiga berilgan…

Prezident qarori bilan 2024 yilda strategik islohotlarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi

Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishning 2024 yildagi ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Qaror bilan 2024 yilda ustuvor yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirishga doir jami 78 ta aniq chora-tadbirlardan iborat reja tasdiqlandi. Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish natijasida 2024…

Strategik islohotlar agentligi xodimlari hududlardagi vaziyatni o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Joylardagi vaziyatni chuqurroq o‘rganish va hududlar bilan samarali hamkorlik qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining 16 nafar xodimi Surxondaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlariga xizmat safariga jo‘nab ketdi. Agentlik xodimlari Buxoro viloyatidagi faoliyati davomida Buxoro shahridagi “mahalla yettiligi” “Ko‘kaldosh” MChJ vakillari bilan uchrashdi. Mahalladagi ishsizlarni aniqlash mexanizmini o‘rganib, korxonalar faoliyatining sustlashish sabablarini aniqlashga…

Mamlakat platformasi: hukumat va donorlar ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirmoqda

20-fevral kuni O‘zbekiston Davlat platformasining joriy yildagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, unda Strategik islohotlar agentligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, Jahon banki rahbariyati hamda turli davlat organlari va xalqaro donorlar, jumladan, xalqaro moliya institutlari va elchixonalar vakillari yig‘ildi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston hukumati tomonidan Jahon banki koʻmagida tashkil etildi. Hukumat va donorlar o‘rtasidagi ushbu muvofiqlashtirish mexanizmining asosiy…

Strategik islohotlar agentligi va Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi o‘rtasida 2024-yil uchun hamkorlik “Yo‘l xaritasi” tuziladi

Strategik islohotlar agentligi vakillarining Agentlik direktori Baxodir Raxmatov boshchiligidagi Rossiyaga xizmat safari davomida tashkil etilayotgan tadbirlar doirasida Agentlik rahbarining Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi (STA) Bosh direktori Svetlana Chupsheva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki Agentlik o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari, shuningdek STAning hududlar bilan ishlash hamda rivojlanish dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tajribasiga urg‘u berildi. “Biz…

Rejalashtirilgan strategik islohotlarning onlayn muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2024 yil 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga joriy yilda amalga oshirish mo‘ljallangan asosiy strategik islohotlar bo‘yicha maʼlumot taqdim etildi. Bugun Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov raisligida yuqoridagi taqdimot davomida Davlat Rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar hamda taqdimot bo‘yicha takliflar ijrosiga bag‘ishlangan onlayn muhokama (ZOOM orqali) o‘tkazildi. Muhokamada Prezidentning  iqtisodiy rivojlanish…

BCG konsalting kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi yirik banklarning transformatsiyasi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi raisligida Boston Consulting Group kompaniyasi Kaspiy va Markaziy Osiyo mintaqalari rahbari boshchiligidagi konsalting guruhi yetakchi ekspertlari va hamkorlari ishtirokida “O‘zbekiston moliya-bank tizimini o‘zgartirish” mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mas’ul xodimlari, shuningdek, mamlakatimizdagi tijorat…

O‘zbekiston qurilish tarmog‘i va Toshkent shahrining “Raqamli egizak”ini yaratish istiqbollari muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida O‘zbekistonda qurilish tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy masalalari va shahar makonini rejalashtirishdagi innovatsion yondashuvlar, jumladan, Toshkent shahrining “Raqamli egizak”ini yaratish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Agentlik direktori o‘rinbosari R.Azizov, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti strategik rivojlanish bo‘yicha birinchi prorektori B. To‘laganov, shuningdek, Agentlik xodimlari J.Agzamov va J.Ubaydullayevlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda qurilish materiallari sifatini oshirish, binolarning…

Strategik islohotlar agentligida GIZ vakillari bilan sanoat siyosatini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2024-yil 8-fevral kuni Strategik islohotlar agentligida Agentlik tashabbusi bilan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari A.Abduqodirov, GIZ Barqaror iqtisodiy rivojlanish dasturi menejeri Beate Shoreit, Agentlik xodimlari M.Xolboyev, F.Zayfert hamda GIZning boshqa vakillari ishtirok etdilar. Muhokamaning asosiy mavzusi sanoat siyosatini ishlab chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat institutlari bilan…

Strategik islohotlar agentligi va BCG o‘rtasida O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida “Boston Consulting Group” (BCG) konsalting kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining AQShga o‘tgan yilgi tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.   Agentlik direktori B.Raxmatov, direktor o‘rinbosari R.Azizov, Agentlik guruhi rahbari J.Agzamov, shuningdek, BCG kompaniyasining boshqaruvchi direktori va hamkori, Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasi bo‘yicha rahbari R.Nuriyev…