Strategik islohotlar agentligida McKinsey&Company bilan rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi

Yaqinda Strategik islohotlar agentligida McKinsey&Company vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda McKinsey&Company kompaniyasining katta hamkorlari Gassan Al-Kibsi, Sinan Koksoy, McKinsey kompaniyasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Dulatbek Ikboyev, O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Rustam Shanazarov va har ikki tashkilotdan boshqa vakillar ishtirok etdi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, McKinsey&Company bilan transport infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash va eksport salohiyatini oshirish…

Rossiyaning Vologda viloyati iqtisodiy rivojlanish departamenti vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Vologda viloyati iqtisodiy rivojlanish departamenti boshlig‘i Viktoriya Uxanova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Vologda viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Viktoriya Uxanova hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli sanoat loyihalari va savdo takliflari ro‘yxatini ishlab chiqish va taqdim etishga tayyorligini ta’kidladi. Viktoriya Uxanova shuningdek navbatdagi O‘zbekiston va Rossiya mintaqalari…

Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash tashabbusi

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida turli loyihalar qatorida Butunjahon do‘stlik o‘yinlari haqida ham so‘z bordi. Butunjahon doʻstlik oʻyinlari Xalqaro doʻstlik assotsiatsiyasi (IFA) tomonidan tashkil etiladi. Musobaqa har 2 yilda bir marta: yozgi va qishki o’yinlar tarzida o’tkazilishi nazarda tutilmoqda. Birinchi Butunjahon do‘stlik o‘yinlari 2024 yilning kuzida Rossiya shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Oʻyinlar dasturi 33 ta sport turi…

Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Xanti-Mansiysk avtonom okrugi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan SPIEF-2024 (St. Petersburg International Economic Forum) xalqaro iqtisodiy forumining ikkinchi kuni doirasida Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatorining birinchi o‘rinbosari Aleksey Zabolzayev va okrug gubernatori o‘rinbosari Sergey Afanasyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda sanoat, tadbirkorlik va texnologiya sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Rossiya tomoni O‘zbekistonda neft ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan guar yelimini ishlab chiqarish…

Toshkentning Markaziy bog’ida birinchi ichimlik suvi favvorasi ochildi

Bugun Toshkentning Mirzo Ulug‘bek nomidagi Markaziy bog‘ida poytaxtdagi birinchi ichimlik suvi favvorasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyiha Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Natijalarga erishish bo‘limi (Delivery Unit) tashabbusi bilan amalga oshirildi. Ichimlik suvi favvorasi endi nafaqat shaharning aholisi uchun toza ichimlik suvi manbai bo‘lib xizmat qiladi, balki plastik mahsulotlardan ifloslanishga qarshi kurashda ham muhim rol…

Sport infratuzilmasini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi

28-may kuni Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Natijalarga erishishni boshqarish guruhi (Delivery Unit) ofisida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati hamda yugurish jamoalari, fitnes-klublar, skandinav yurish bo‘yicha mutaxassislar, sog‘lom turmush tarzi sohasi mutaxassislari, shifokorlar va qiziquvchilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahrida 55 kilometrlik piyodalar va velosiped yo‘laklari mavjudligi, bundan tashqari so‘nggi 3 yilda 3 mingdan…

Agentlikda “UzAssystem” va “S&P Global” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi

Strategik islohotlar agentligida “UzAssystem” va “S&P Global” kompaniyalari vakillari bilan energiya xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Birinchi yig‘ilishda SIA direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, “UzAssystem” QK bosh menejeri Nikolas Dyugot, biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer N.Aisaeva hamda “Assystem” kompaniyasi vakili Edgar Seeberger va Agentlikning boshqa vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida “UzAssystem” vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining…

Agentlikda BCG kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida “Boston Consulting Group” (AQSh) kompaniyasi vakillari bilan iqtisodiyotning alohida tarmoqlarining transformatsiyasida ishtirok etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktori Baxodir Raxmatov, uning o‘rinbosari Rustamxon Azizov, BCGning O‘rta yer dengizi, Kaspiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy rahbari Davide Di-Domeniko, Kaspiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy rahbari Rza Nuriyev, hamda kompaniyaning O‘zbekistondagi…

Strategik islohotlar agentligi va Jahon banki telekommunikatsiya sohasida kutilayotgan islohotlarni muhokama qildi

Uchrashuvda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantonavelli, Jahon bankining raqamli rivojlanish global amaliyoti direktori Kristin Tsyan, Jahon bankining Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi raqamli rivojlanish amaliyoti rahbari Mishel Rogi va boshqa vakillar ishtirok etdi. Uchrashuvda soʻnggi 6 yilda Oʻzbekiston telekommunikatsiya sohasiga 4,3 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilingan boʻlib, buning natijasida…

Agentlikda IHTT vakillari bilan davlat boshqaruvi tizimining tahliliga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari bilan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimi tahlili” loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan oraliq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda SIA direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, IHTTning Davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha bo‘limi ekspertlari Adam Ostri, Kapusin Kerboas, Simon Kalvert, Ivan Stola, shuningdek Adliya vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari ishtirok etishdi.…