Strategik islohotlar agentligi va BCG o‘rtasida O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Strategik islohotlar agentligida “Boston Consulting Group” (BCG) konsalting kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining AQShga o‘tgan yilgi tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Agentlik direktori B.Raxmatov, direktor o‘rinbosari R.Azizov, Agentlik guruhi rahbari J.Agzamov, shuningdek, BCG kompaniyasining boshqaruvchi direktori va hamkori, Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasi bo‘yicha rahbari R.Nuriyev…