Strategik islohotlar agentligi xodimlari hududlardagi vaziyatni o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Joylardagi vaziyatni chuqurroq o‘rganish va hududlar bilan samarali hamkorlik qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining 16 nafar xodimi Surxondaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlariga xizmat safariga jo‘nab ketdi. Agentlik xodimlari Buxoro viloyatidagi faoliyati davomida Buxoro shahridagi “mahalla yettiligi” “Ko‘kaldosh” MChJ vakillari bilan uchrashdi. Mahalladagi ishsizlarni aniqlash mexanizmini o‘rganib, korxonalar faoliyatining sustlashish sabablarini aniqlashga…