4-mart kuni Strategik islohotlar agentligida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv daomida “Oʻzbekistonda investitsiya siyosatini barqaror isloh qilish yoʻl xaritasi” loyihasi, shuningdek, transport aloqalari sohasidagi dolzarb muammolar, mamlakatda savdo va integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan siyosat chora-tadbirlari muhokama qilindi. Yig‘ilishda tadbirkorlik va investisiyalar uchun huquqiy muhitni takomillashtirish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishiga berilgan baholar ham atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda Agentlik direktori o‘rinbosari Rustamxon Azizov, OECD investitsiya bo‘limi rahbari o‘rinbosari Stiven Tomsen, RSIPR loyihasi menejeri Fares Al Hussami, Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Gregori Lekomte, siyosiy tahlilchi Selest Laport va Agentlik vakili Temurbek G’aniyev ishtirok etdi.
Mazkur tadbir O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasidagi intilishlarida muhim qadam bo‘ldi. OECD bilan tajriba almashish mamlakatda samarali islohotlarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlarni ochish bilan birga mamlakatning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga yordam beradi.