Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida turli loyihalar qatorida Butunjahon do‘stlik o‘yinlari haqida ham so‘z bordi.
Butunjahon doʻstlik oʻyinlari Xalqaro doʻstlik assotsiatsiyasi (IFA) tomonidan tashkil etiladi. Musobaqa har 2 yilda bir marta: yozgi va qishki o’yinlar tarzida o’tkazilishi nazarda tutilmoqda.
Birinchi Butunjahon do‘stlik o‘yinlari 2024 yilning kuzida Rossiya shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Oʻyinlar dasturi 33 ta sport turi va 208 ta sport turininig tarmoqlarini oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, hozirda golf, muaytay va ushu kabi zaxira sport turlari ro‘yxati ham shakllantirilmoqda.
Musobaqada barcha qit’alardan 6500 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda, ular 283 ta sovrin uchun bellashadilar. Birinchi o‘rin egalari 40 ming dollar, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar egalari esa 25 va 17 ming dollar mukofot puli bilan taqdirlanadilar.
Loyiha vakillarining fikricha, bunday tashabbuslar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.