Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Vologda viloyati iqtisodiy rivojlanish departamenti boshlig‘i Viktoriya Uxanova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Vologda viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Viktoriya Uxanova hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli sanoat loyihalari va savdo takliflari ro‘yxatini ishlab chiqish va taqdim etishga tayyorligini ta’kidladi.
Viktoriya Uxanova shuningdek navbatdagi O‘zbekiston va Rossiya mintaqalari kengashida ishtirok etish istagini ham bildirdi.