YETTB kommunikatsiya masalalari boʻyicha direktori Jonatan Charlz AOKA birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov bilan uchrashdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida YETTB kommunikatsiya masalalari boʻyicha direktori Jonatan Charlz AOKA birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov bilan uchrashdi ❗️Eslatib o’tamiz, J.Charlz Prezidentning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik bo’yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti loyiha ofisining maslahatchisi hisoblanadi. Maslahatchining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati Strategik rivojlanish agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Yig‘ilishda AOKA faoliyatiga doir masalalar, davlat va jamoat…

“Yosh liderlar” dasturi ishtirokchilari uchun seminar boʻlib oʻtdi

“Yosh liderlar” dasturi ishtirokchilari uchun seminar boʻlib oʻtdi, uning formatida BAA davlat xizmatlari vakillari mamlakat aholisiga davlat xizmatlarini koʻrsatish texnologiyalarini taqdim etdilar. Xususan, davlat xizmatlaridan foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qiluvchi “Mystery shopper” platformasi toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Seminar yakunida “yosh liderlar” Qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish va tajriba almashish uchun “Emirates partners” bilan bevosita aloqalarni oʻrnatdilar.

Strategik Rivojlanish Agentligi Iqtisodiy Hamkorlik va rivojlanish tashkilotining “Yashil harakatlar 2022” yillik yig‘ilishida ishtirok etdi

2022-yil 30-iyundan 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Strategik Rivojlanish Agentligi Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan GREEN Action 2022 Maqsadli guruhining yillik yig‘ilishida faol ishtirok etdi. Uchrashuvda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo (ShYeKMO) davlatlari, hamda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IHRT) aʼzo davlatlari vazirlik va idoralarining rasmiy vakillari, shuningdek, xalqaro hamkor tashkilotlar, moliya tashkilotlari hamda ekologik jamoat…

“Yosh liderlar” dasturi ishtirokchilari Dubay “smart politsiya mahkamasi” faoliyati va texnologik imkoniyatlari bilan tanishdilar

“Yosh liderlar” dasturi ishtirokchilari Dubay politsiyasiga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida “smart politsiya mahkamasi” faoliyati va texnologik imkoniyatlari bilan tanishdilar. 🤝 Uchrashuv yakunida O’zbekiston jamoat xavfsizligi xizmatlari faoliyatiga raqamli yechimlarni joriy etish uchun ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha kelishuvga erishildi.

Agentlik va XMK: mamlakat EIZlarini samarali rivojlantirish loyihalari  

Strategik rivojlanish agentligi va Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalarining huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Markaziy Bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqari agentligi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish…

O‘zbekiston-BAA: hamkorlikning yangi strategik yo‘nalishlari

BAAning hukumat ishlari vaziri Muxammad Abdulloh Al-Gergavi O‘zbekistonga qilgan tashrifi davomida Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevga strategik loyihalarni (dashboard) amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimining taqdimotini o‘tkazgan edi. Aynan mana shu tizimni mamlakatimiz miqyosida joriy qilish masalasi yuzasidan, O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida Bosh vazir ofisi vakillari Xolid Al-Xarmudi va Alia Al-Janaxilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uning…

Oʻzbekiston – BAA: strategik loyihalar orqali hamkorlik

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining ofisida Strategik rivojlanish agentligi xodimlaridan tashkil topgan Oʻzbekiston Respublikasinining Ishchi guruhi va “Dubai Future Foundation” ijrochi direktori Said al-Falasi oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Uning davomida Said al-Falasi “Dubai Future Foundation” faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi. Unga koʻra, “Dubai Future Foundation”ning maqsadi Dubay kelajagi uchun muhim boʻlgan ilgʻor loyihalarni qoʻllab-quvvatlash orqali…

O’zbekiston-BAA:”Yosh liderlar ” loyihasining navbatdagi bosqichi

Strategik rivojlanish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, BAA hukumati bilan birgalikda o‘tgan yilning noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilari o‘rtasida “yosh liderlar”ni tayyorlash dasturini ishga tushirishdi. Eslatib o‘tamiz, “yosh liderlar” loyihasining ishga tushirilishi “Dubay Expo – 2020” doirasida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov ishtirokida bo‘lib o‘tgan.…

Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya: samarali hamkorlik yoʻnalishlari muhokamasi

Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi rahbariyati Britaniya parlamenti Lordlar palatasi aʼzosi, “SC Strategy Ltd” kompaniyasi direktori Lord Aleksandr Karlayl bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Buyuk Britaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida iqtisodiy munosabatlar, normativ-huquqiy baza va mamlakatning tashqi savdo masalalarini kengaytirish kabi mavzular muhokama qilindi. “Oʻzbekiston bilan hamkorlikka boʻlgan qiziqish ortib borayotgani soʻnggi yillarda iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar…

“Bir million oʻzbek dasturchilari” loyihasining sovrindorlari aniqlandi

Poytaxtimizda “Bir million oʻzbek dasturchilari” loyihasining sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Birlashgan Arab Amirligining Hukumat ishlari buyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh Al-Gergavi ishtirok etdi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Strategik rivojlanish agentligi va IT-Park tomonidan tashkil etildi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va BAAning qoʻshma loyihasi 2019-yilning…