Oʻzbekiston – BAA: strategik loyihalar orqali hamkorlik

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining ofisida Strategik rivojlanish agentligi xodimlaridan tashkil topgan Oʻzbekiston Respublikasinining Ishchi guruhi va “Dubai Future Foundation” ijrochi direktori Said al-Falasi oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Uning davomida Said al-Falasi “Dubai Future Foundation” faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi. Unga koʻra, “Dubai Future Foundation”ning maqsadi Dubay kelajagi uchun muhim boʻlgan ilgʻor loyihalarni qoʻllab-quvvatlash orqali…