Strategik rivojlanish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, BAA hukumati bilan birgalikda o‘tgan yilning noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilari o‘rtasida “yosh liderlar”ni tayyorlash dasturini ishga tushirishdi.
Eslatib o‘tamiz, “yosh liderlar” loyihasining ishga tushirilishi “Dubay Expo – 2020” doirasida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
Loyihada O’zbekistondagi vazirlik va idoralarning 22 vakili ishtirok etmoqda. Shu jumladan, Strategik rivojlanish agentligi mutaxassislari ham.
Loyiha formatidagi o‘quv jarayonlari quyidagi bosqichlarini qamrab oladi: liderlik, davlat mablag’larini boshqarish, kelajakni ko‘ra bilish, yetakchi innovatsion loyihalar, inqirozga qarshi boshqaruv, strategik boshqaruv, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan kommunikatsiya.
Bugungi kunga qadar ushbu tematik yo’nalishlar bo’yicha 46 soatlik onlayn kurslar o’tkazildi. Endikda BAAning vakolatli vazirliklarida loyiha ishtirokchilarini oflayn o‘qitish amaliyoti boshlandi.
O’quv dasturining natijalariga ko’ra, loyihaning har bir ishtirokchisi, BAA vakolatli vazirliklar mutaxassislari yordamida tanlangan sohani rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqishi va keyinchalik uni o’z vazirliklari va idoralarida amaliyotga tatbiq etishi ko‘zda tutilmoqda.
“Yosh liderlar” loyihasi haqidagi ma’lumotlar sda.gov.uz saytida yoritib boriladi.
Strategik rivojlanish agentligi matbuot xizmati