Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining ofisida Strategik rivojlanish agentligi xodimlaridan tashkil topgan Oʻzbekiston Respublikasinining Ishchi guruhi va “Dubai Future Foundation” ijrochi direktori Said al-Falasi oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
Uning davomida Said al-Falasi “Dubai Future Foundation” faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi. Unga koʻra, “Dubai Future Foundation”ning maqsadi Dubay kelajagi uchun muhim boʻlgan ilgʻor loyihalarni qoʻllab-quvvatlash orqali mamlakatni eng rivojlangan, qulay, innovatsion va jozibali qilishdir.
Buni amalga oshirishda “Dubai Future Foundation” oʻzining Dubai Future Academy, Dubai Future Experts Program, University Entrepreneurship Program, Dubai Future Accelerator va Dubai 10x kabi dasturlaridan foydalanib kelmoqda. Mazkur dasturlar “Dubai Future Foundation”ga insonlar hayotini yaxshilashga yordam beradi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda University Entrepreneurship Program, Dubai Future Accelerator va Dubai 10x loyihalarini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati