2022-yil 30-iyundan 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Strategik Rivojlanish Agentligi Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan GREEN Action 2022 Maqsadli guruhining yillik yig‘ilishida faol ishtirok etdi. Uchrashuvda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo (ShYeKMO) davlatlari, hamda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IHRT) aʼzo davlatlari vazirlik va idoralarining rasmiy vakillari, shuningdek, xalqaro hamkor tashkilotlar, moliya tashkilotlari hamda ekologik jamoat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibi doirasida o‘tgan yig‘ilishdan buyon GREEN Action Task Force Ishchi guruhi ish dasturining olib borilishi va ijrosi muhokama qilinib, kelgusidagi ish yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan COVID-19 pandemiyasidan keyin iqtisodiyotni tiklashda “ko‘kalamzorlashtirish” siyosiy choralari bo‘yicha so‘nggi o‘zgarish va rejalar yuzasidan fikr almashildi, ShYeKMO mintaqasidagi iqlim bo‘yicha siyosatning ekologik va iqtisodiy oqibatlari muhokama qilindi, “Yashil harakatlar” bo‘yicha Maxsus Ishchi guruhi Ish dasturining olib borilishini baholandi va alohida natijalarni qayd etildi, hamda “Yashil harakatlar” Ishchi guruhining kelgusidagi yo‘nalishlari, xususan, Ishchi guruhning 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan Ish dasturining asosiy elementlari muhokama qilindi.
Yig‘ilish doirasida Strategik Rivojlanish Agentligi tomonidan qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, IHRT rahbariyati bilan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish va suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, Armaniston, Shveysariya, Qozogʻiston, Tojikiston, Slovakiya vakillari bilan hamkorlik va tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati