O‘zbekiston-BAA: hamkorlikning yangi strategik yo‘nalishlari

BAAning hukumat ishlari vaziri Muxammad Abdulloh Al-Gergavi O‘zbekistonga qilgan tashrifi davomida Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevga strategik loyihalarni (dashboard) amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimining taqdimotini o‘tkazgan edi. Aynan mana shu tizimni mamlakatimiz miqyosida joriy qilish masalasi yuzasidan, O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida Bosh vazir ofisi vakillari Xolid Al-Xarmudi va Alia Al-Janaxilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uning…