“Yosh liderlar” dasturi ishtirokchilari Dubay “smart politsiya mahkamasi” faoliyati va texnologik imkoniyatlari bilan tanishdilar

“Yosh liderlar” dasturi ishtirokchilari Dubay politsiyasiga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida “smart politsiya mahkamasi” faoliyati va texnologik imkoniyatlari bilan tanishdilar. 🤝 Uchrashuv yakunida O’zbekiston jamoat xavfsizligi xizmatlari faoliyatiga raqamli yechimlarni joriy etish uchun ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha kelishuvga erishildi.

Agentlik va XMK: mamlakat EIZlarini samarali rivojlantirish loyihalari  

Strategik rivojlanish agentligi va Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalarining huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Markaziy Bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqari agentligi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish…