BAAning hukumat ishlari vaziri Muxammad Abdulloh Al-Gergavi O‘zbekistonga qilgan tashrifi davomida Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevga strategik loyihalarni (dashboard) amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimining taqdimotini o‘tkazgan edi.
Aynan mana shu tizimni mamlakatimiz miqyosida joriy qilish masalasi yuzasidan, O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida Bosh vazir ofisi vakillari Xolid Al-Xarmudi va Alia Al-Janaxilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uning davomida BAA vakillari dasturni ishga tushirish va uni kelgusida takomillashtirish bo‘yicha amaliy yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Bundan tashqari, BAA Bosh vaziri ofisida BAA hukumati va davlat organlari tomonidan qo‘llaniladigan integratsiyalashgan ADAA tizimining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv natijasida ikki tomonlama hamkorlikning keyingi bosqichlari, shu jumladan byudjet mablag‘larini ajratish va ularning o‘zlashtirilishini monitoring qilish bo‘yicha mavjud jarayonlarga zarur o‘zgartirishlar kiritish, manfaatdor tomonlar uchun treninglar, shuningdek loyiha doirasidagi boshqa rejalar to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati