Strategik islohotlar agentligi Toshkent viloyati tuman va shaharlarining salohiyatini o‘rganishda davom etmoqdalar

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Toshkent viloyatining tuman va shaharlarida hududlar rivojiga xizmat qiluvchi “o‘sish nuqtalari”ni aniqlashga doir faoliyatlarini davom ettirmoqdalar. Ohangaron shahri istiqbollari tahlil qilingach, SIA vakillari mahalliy hokimlik xodimlari bilan birgalikda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanini rivojlantirish imkoniyatlariga e’tibor qaratdilar. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadigan loyihalardan biri sifatida “Toshtepa” suv ombori loyihasi ko‘rib chiqildi.…