Strategik islohotlar agentligi Toshkent viloyati tuman va shaharlarining salohiyatini o‘rganishda davom etmoqdalar

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Toshkent viloyatining tuman va shaharlarida hududlar rivojiga xizmat qiluvchi “o‘sish nuqtalari”ni aniqlashga doir faoliyatlarini davom ettirmoqdalar. Ohangaron shahri istiqbollari tahlil qilingach, SIA vakillari mahalliy hokimlik xodimlari bilan birgalikda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanini rivojlantirish imkoniyatlariga e’tibor qaratdilar. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadigan loyihalardan biri sifatida “Toshtepa” suv ombori loyihasi ko‘rib chiqildi.…

Strategik islohotlar agentligi va CGIAR o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida Global qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari maslahat guruhi (CGIAR) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktori o‘rinbosari Rustamxon Azizov, CGIAR bosh ijrochi direktori – Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqoti instituti (IFPRI) bosh direktori Dr. Johan Swinnen, katta ilmiy xodimlar Suresh Babu va Kamiljon Akramovlar, shuningdek Agentlikning boshqa mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. Uchrashuv boshida…

Ohangaron shahrini rivojlantirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari hududlarning salohiyati va “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash maqsadida Toshkent viloyatining tuman va shaharlariga chiqqan holda qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganmoqdalar. Chinoz, Yangiyo‘l, Oqqo‘rg‘on va Parkent tumanlari o‘rganilgach, Ohangaron shahrini rivojlantirishga doir bir qancha takliflar ishlab chiqildi. Savdo va xizmat ko’rsatish sohasi Ma’lumki, xizmat ko’rsatish va savdo obyektlari uchun biznes maydonini (tijorat mulkini) ko’paytirish o‘rta…

O‘zbekistonda mahalliy hokimiyatning iqtisodiy imkoniyatlari darajasi ko‘tarilmoqda

Bir necha kun davomida Sayxunobod tumani ahli hayotini, turmush ko‘nikmalarini o‘rgangan mutaxassis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Mamasoatovich Abduqodirov bilan suhbat. — Abdulla Mamasoatovich, yaqinda internet saytida chop etilgan maqolangizda hududiy xususiyatlarni makroiqtisodiy va strategik rejalashtirishda hisobga olish zaruriyatini asoslab bergansiz. Lekin, tumanlar kesimiga kelsak, u yerda qanday tashkiliy…

“Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ustida muhokamalar davom etmoqda

2024-yil 28-mart kuni Strategik islohotlar agentligi, Agentlik huzuridagi Delivery Unit guruhi, vakolatli davlat organlari, xususiy oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar, soha vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida qonunchilikka rejalashtirilgan o‘zgartirishlar hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi xatarlarni aniqlash, boshqarish, tahlil va monitoring qilishga qaratilgan Hazard Analysis and Critical Control Points (HACCP) tizimini joriy…