Bugun Strategik islohotlar agentligida Global qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari maslahat guruhi (CGIAR) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktori o‘rinbosari Rustamxon Azizov, CGIAR bosh ijrochi direktori – Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqoti instituti (IFPRI) bosh direktori Dr. Johan Swinnen, katta ilmiy xodimlar Suresh Babu va Kamiljon Akramovlar, shuningdek Agentlikning boshqa mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv boshida xorijiy mutaxassislar Agentlikning qishloq xo‘jaligi sohasida olib brogan ishlari va PQ-109-sonli Prezident Qarorida qishloq xo‘jaligi sohasiga tegishli belgilangan maqsad va vazifalar bilan tanishtirildi. Shu bilan birga, tomonlar qishloq xo‘jaligi klisteri faoliyatidagi muammolarni muhokama qildilar.
SIA Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasini oʻrganish natijasida IFPRI tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarni koʻrib chiqishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, IFPRIning “O‘zbekistonning Davlat platformasi” faoliyati doirasida tashkil etiladigan uchrashuvlarda ishtirok etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.