O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish masalalari o‘rganilib, tegishli takliflar tayyorlandi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan tungi iqtisodiyot bo‘yicha xorijiy davlatlar (Buyuk Britaniya, AQSH, BAA va Avstraliya) tajribasi va ushbu yo‘nalishni O‘zbekistonda yanada rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi. Xorijiy davlatlarning tungi iqtisodiyot rivojlangan shaharlarida yillik tushumlar miqdori sezilarli darajada iqtisodiyotga foyda keltirmoqda. Ma’lumot uchun: 2023 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, Londonda tungi iqtisodiyotdan yillik tushumlar miqdori – 44 mlrd dollarni, Bangkokda…

Strategik islohotlar agentligida xalqaro konsultantlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatovning xalqaro konsultantlar – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: Alfred Guzenbauer 2000-yillarda Avstriya Federal kansleri bo‘lib faoliyat yuritgan. Aleksandr Kvasnevskiy Polsha Prezidenti bo‘lgan. Shtefan Fyule Yevropa Ittifoqining kengayish va yaxshi qo‘shnichilik siyosati masalalari bo‘yicha komissari lavozimida muvaffaqiyatli ishlagan. Uchrashuv boshida B.Raxmatov…

Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari o‘rganildi va tegishli takliflar ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini oʻrganilib, mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi mumkin boʻlgan iqtisodiy va madaniy omillarni aniqladi. Dunyoning yetakchi iqtisodiyotlaridan biri boʻlgan Fransiya, yalpi ichki mahsulot boʻyicha jahonda 6-oʻrinda, Yevropada esa 3-oʻrinda turadi. Fransiya YaIMi 3 trillion dollarni tashkil etib, jon boshiga daromad darajasi…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida 2024 yil mart-avgust oylarida belgilangan tadbirlar ijrosi bo‘yicha hisobot

Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan Strategik islohotlarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasida (2024-yil 4 martdagi PQ–109-son qaror) 2024 yilning mart-avgust oylaridagi vazifalar ijrosi holati Strategik islohotlar agentligi tomonidan tahlil qilinib, bu boradagi ishlar yuzasidan muntazam ravishda axborot kiritib borilmoqda. Bugungi kunda 37 ta yoki 67 foiz topshiriq ijrosi ta’minlandi: 3 ta qonun, 5 ta Prezident…

O‘zbekiston va Qozog‘iston strategik islohotlar sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Toshkent, 2024-yil 25-oktyabr – Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligida Qozog‘iston Respublikasi delegatsiya ishtirokida 2025-yilga mo‘ljallangan strategik islohotlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov, Qozog‘iston Respublikasi Senati raisining o‘rinbosari Jakip Asanov, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi, Qozog‘iston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi vakillari  ishtirok etdi.…

Strategik islohotlar agentligida Yevropa Ittifoqi bilan “Mamlakat Platformasi” doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga doir uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatovning Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi Toyvo Klaar va “Mamlakat Platformasi” menedjeri Yana Kurpisa bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida xalqaro ekspertlarni jalb qilish va “Mamlakat Platformasi”ni yanada rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ma’lumot uchun: “Mamlakat platformasi” mexanizmi 2019-yilda Vashingtonda…

“Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayoni boshlandi

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi “Delivery Unit” ofisi va Raqamli texnologiyalar vazirligining tashabbusi bilan “Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqish bo‘yicha ishchi yig‘ilish tashkil etildi. Uchrashuvda 35 dan ortiq vazirlik va idoralarning strategik rivojlanish va yig‘ma axborot-tahliliy boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar Qonun loyihasini amal qilish doirasi hamda asosiy siyosiy va texnik jihatlari…

Agentlikda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda iqlim o‘zgarishiga moslashish va suv resurslarini boshqarish loyihalari muhokama qilindi

Strategik islohotlar agentligida Global yashil o‘sish instituti (GGGI) va Koreya eksportni rivojlantirish assotsiatsiyasi (KEP) vakillari bilan barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakili Aaron Rassel, Koreya eksportni rivojlantirish assotsiatsiyasi maslahatchisi…

Finlyandiya tajribasi asosida uysizlik muammosini hal qilish masalalari o‘rganilib, tegishli takliflar tayyorlandi

Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida uysizlik muammosini hal qilishda Finlyandiya tajribasi alohida e’tiborga loyiqdir. 2008 yildan buyon Finlyandiya Hukumati tomonidan boshpanasiz fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlashga qaratilgan “Housing First” (uy-joy – birinchi navbatda) milliy dasturi yo‘lga qo‘ygan. Mazkur dastur “Y-Foundation” notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun: 1980 yilda Finlyandiyada boshpanaga ega bo‘lmaganlar soni 18 ming fuqaroni…

Strategik islohotlar agentligida “Katta to‘rtlik” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatovning “Katta to‘rtlik” konsalting kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: “Katta to‘rtlik” – auditorlik va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalar: Deloitte & Touche (Deloitte), PricewaterhouseCoopers (PwC), Ernst & Young (EY) va KPMG. Xususan, uchrashuvda Deloitte kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbari Erkin Ayupov, Ernst & Young Kavkaz…