O‘zbekiston va Qozog‘iston strategik islohotlar sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
Toshkent, 2024-yil 25-oktyabr – Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligida Qozog‘iston Respublikasi delegatsiya ishtirokida 2025-yilga mo‘ljallangan strategik islohotlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov, Qozog‘iston Respublikasi Senati raisining o‘rinbosari Jakip Asanov, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi, Qozog‘iston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi vakillari ishtirok etdi.…