“Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayoni boshlandi
Strategik islohotlar agentligi huzuridagi “Delivery Unit” ofisi va Raqamli texnologiyalar vazirligining tashabbusi bilan “Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqish bo‘yicha ishchi yig‘ilish tashkil etildi. Uchrashuvda 35 dan ortiq vazirlik va idoralarning strategik rivojlanish va yig‘ma axborot-tahliliy boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar Qonun loyihasini amal qilish doirasi hamda asosiy siyosiy va texnik jihatlari…