Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi transformatsiya qilinmoqda

Strategik islohotlar agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida “Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni boshqaruv sohasi va davlat xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmon loyihasi tayyorlandi. Xususan, loyihada Davlat boshqaruvi akademiyasini tubdan transformatsiya qilish yo‘nalishlari va unga yuklatiladigan asosiy vazifalar, shu jumladan davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirib borish,…

Agentlikda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi vakillari bilan joriy hamkorlikning asosiy masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi hamkorlik delegatsiyasi rahbarining birinchi maslahatchisi Vim Riepma va loyiha menejeri Yana Kurpisa ishtirok etdi. Uchrashuv davomidagi asosiy masalalardan biri “Mamlakat platformasi” loyihasini davom ettirish uchun Oʻzbekiston…

Suma Chakrabarti bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Strategik islohotlar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyotni taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda shuningdek S. Chakrabarti loyiha ofisining ekspertlari M.Beyns, J.Sleyter va E.Tempelman ishtirok etdi. Uchrashuv davomida avvalambor 2024-yilga mo‘ljallangan qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish  bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Xususan, mamlakatimizning xalqaro reyting va…

Yangi turizm yo‘nalishlarini joriy qilish maqsadida Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 martdagi PQ–109-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasining 68-69-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida Strategik islohotlar agentligi va Turizm qo‘mitasi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasida axborot taqdim etish tizimini takomillashtirish hamda yangi imkoniyatlarni yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Loyihasida quyidagi asosiy…

O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar o‘rtasidagi savdo istiqbollari va yangi imkoniyatlar o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi eksperti Friderike Zayfert tomonidan Afrika davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlari o‘rganib chiqildi. Afrika davlatlari iqtisodiyotining rivojlanishi har xil bo‘lishi bilan ularning deyarli barchasi JST a’zolari va Afrika Kontinental erkin savdo hududi ishtirokchilari hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, savdo shartnomalarini tuzish va kompaniyalar o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini rag‘batlantirish O‘zbekistonning Afrika bozoriga kirishi uchun maqbul yo‘nalish…

“Boston Consulting Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida “Boston Consulting Group” kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ma’dumot uchun: “Boston Consulting Group” (BCG) – boshqaruv konsaltingiga ixtisoslashgan xalqaro kompaniya bo‘lib, shu yo‘nalishdagi katta uchtalikka kiradi. Kompaniya ayni vaqtda yurtimizdagi vazirliklar va idoralar uchun qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Unda BCG kompaniyasi boshqaruv direktori va katta hamkori (Yevropa, Afrika, O‘rta Osiyo…

“Sandstone Global Productions” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024 yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qarori) nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida bugun Strategik islohotlar agentligida Buyuk Britaniyaning “Sandstone Global Productions” kompaniyasi vakillari Bettani Xyuz va Diksi Styuart onlayn-uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: “SandStone Global Productions” asosan mamlakatlar yoki tarixiy voqealar bilan bog’liq hujjatli filmlar…

Yevropa yashil bitimining (European Green Deal) asosiy elementlari va ularni O‘zbekistonda qo‘llash yo‘llari o‘rganildi

Yevropa yashil bitimi (European Green Deal) Yevropa Ittifoqining 2050-yilgacha iqlim neytralligiga erishish maqsadida iqtisodiyot va jamiyatni transformatsiya qilishga qaratilgan dasturi hisoblanadi. Ushbu tashabbus iqlim neytralligi, toza energiya, barqaror sanoat, ekologik transport, investitsiyalar, shuningdek, barqaror qishloq xo‘jaligi siyosatini o‘z ichiga oladi. Strategik islohotlar agentligi tomonidan Yevropa yashil bitimining asosiy elementlari va ularni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari o‘rganildi.…

Strategik islohotlar agentligida Hindistonning SchoolNet kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida Hindistonning SchoolNet kompaniyasi vakillari bilan iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda SIA direktori o‘rinbosari Rustamxon Azizov, SchoolNet bosh direktori Ramireddi Chandra Reddi, shuningdek, tomonlarning boshqa vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda erkin sanoat va iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda o‘zgartirish istiqbollari,…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning 2024-yil iyun va iyul oylaridagi ijrosi tahlili

Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda. 2024 yilning iyun va iyul oylarida rejaga muvofiq 5 ta qonun, 1 ta farmon, 6 ta Prezident qarori, 3 ta Hukumat qarori va 2 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami…