“Mamlakat Platformasi”ning 4-davra suhbati: ta’lim, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va kasb-hunar ta’limi masalalari muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahrida vazirlik va idoralar hamda xalqaro rivojlanish bo‘yicha hamkorlarning 90 dan ortiq vakillari ishtirokida O‘zbekiston Mamlakat Platformasining 4-davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’lim, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda kasb-hunar ta’limi sohalaridagi muhim islohotlar bo‘yicha erishilgan yutuqlar muhokama qilindi. Ushbu islohotlar mehnat bozori ehtiyojlariga mos ishchi kuchini tayyorlash va “O‘zbekiston–2030” strategiyasini ilgari surishda muhim ahamiyatga…

24/7 ko‘chalarini tashkil etish mezonlari hamda O‘zbekiston shaharlaridagi ko‘chalar salohiyati o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan tungi iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida chet el mamlakatlarida 24/7 ko‘chalarini tashkil etish mezonlari o‘rganildi. Chet elda 24/7 ko‘chalari 3 xil shaklda tashkil etilgan va ixtisoslashgan: birinchisi, savdo, ko‘ngilochar va turistlar uchun xizmat ko‘rsatishning klaster shakli; Nyu-Yorkning “42”, Sidneyning Paddington hamda Londonning Soho, Tokioning Ebisu ko‘chalari tungi dam olish xizmatlarining yuqori darajada klasterlanishiga…

Strategik islohotlar agentligida tungi iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov raisligida tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Transport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Turizm qo‘mitasi, Statistika agentligi, Toshkent shahri hokimligi va Savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirok…

Ijtimoiy soha obyektlarini inventarizatsiya qilish metodikasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida bir qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida respublika bo‘yicha ijtimoiy soha obyektlarini inventarizatsiya qilish metodikasining muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda shuningdek Buxoro viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini aniqlash va ijtimoiy obyektlarni inventarizatsiya qilish bo‘yicha pilot loyiha natijalarini taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur yo‘nalishdagi asosiy vazifalardan biri barcha…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi: 2024 yil mart-noyabr oylarida belgilangan vazifalar ijrosi

Davlatimiz Rahbariga 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qaror bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasida joriy yilning mart-noyabr oylarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berildi. Axborot davomida Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq hisobot davrida 17 ta qonun, 8 ta Prezident farmoni va 16 ta qarori, 19 ta Hukumat qarori, 11 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami 71 ta) ishlab chiqilishi belgilanganligi, bugungi kunda 44 ta…

Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan Bekobod shahri tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv o’tkazildi va shahar tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan to’siqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar tayyorlandi. Uchrashuvda qatnashgan har bir mahalliy tadbirkor o’z biznesining rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan asosiy muammolarni ochiq muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Uchrashuda metall konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxona rahbari buyurtmalar…

Agentlik Olmaliq shahridagi tadbirkorlar muammolarini o‘rgandi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davomida biznes oldida turgan to‘siqlar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Tadbirda ishtirok etgan 25 dan ortiq mahalliy tadbirkorlarning har biri o‘zlarining muammolarini muhokama qilish hamda biznesini rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni yoritish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Uchrashuvda ishtirok etgan tadbirkorlardan biri –…

Strategik islohotlar agentligi Bo‘stonliq tumani tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazib, mavjud muammolarni aniqlamoqda

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq shahrida tadbirkorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazib, shaharda biznes uchun mavjud to‘siqlarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqdi. Ichimlik suvi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan tadbirkor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini joriy etish talablariga bog‘liq qiyinchiliklar haqida gapirdi. Uning korxonasi gazlangan va gazlanmagan ichimlik suvlarini ishlab chiqaradi. 2024-yilda…

Strategik islohotlar agentligi tomonidan shahar kommunikatsiyalariga ruxsat berishga doir xalqaro tajriba o‘rganilib, tegishli takliflar ishlab chiqildi

Shahar infratuzilmasini samarali rivojlantirish kommunikatsiyalarni amalga oshirishda nazorat va tartibga solish tizimini takomillashtirishni talab qiladi. AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya kabi davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy yondashuvlarning joriy etilishi atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish, yo‘llar holatini yaxshilash va transport oqimiga salbiy ta’sirni minimallashtirishga yordam beradi. Xalqaro tajriba AQSh Nyu-York shahrida NYC Street Works raqamli platformasi qo‘llaniladi, ushbu…

Strategik islohotlar agentligi tomonidan Nurafshon shahri tadbirkorlarining muammolari aniqlanmoqda

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida tadbirkorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazib, shaharda biznes uchun mavjud to‘siqlarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqdi. Xizmat safari davomida mahalliy tadbirkorlarning muammolari tinglanib, ularni hal qilish yo‘llari muhokama qilindi. Quritilgan meva ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 1 gektar yerga…