Joriy yildagi hamkorlik natijalari va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi
Bugun Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muhokamaning asosiy mavzusi 2024-yilda maslahatchi ofisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari va 2025-yilga mo‘ljallangan istiqbolli yo‘nalishlar bo‘ldi. Xususan, S.Chakrabarti ofisi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish…