Xalqni rozi qilish – barcha rahbarlarning eng ustuvor vazifasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-iyul kuni aholi turmushini yaxshilash va tadbirkorlar faolligini oshirishga qaratilgan takliflar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi yillarda barcha soha va yo‘nalishlarda fundamental islohotlar amalga oshirildi. Taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizda rivojlanishning yangi bosqichini boshlab berdi. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish uning birinchi maqsadi etib belgilangan.…

Oʻzbekistonda xalqaro tijorat sudi tashkil qilish masalalarini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Strategik rivojlanish agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Loyiha ofisining huquqiy eksperti Meri-Enn Birken raisligida Oʻzbekistonda xalqaro tijorat sudi tashkil qilish masalalarini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ishchi guruh yigʻilishida Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Biznes-Ombudsman, Adliya vazirligi va boshqa davlat idoralari masʼul xodimlari, BMT Taraqqiyot…

Oʻzbekistonda Xalqaro moliya markazi va Xalqaro tijorat sudini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish istiqbollari faol muhokama qilinmoqda

⚖️ Huquqiy ekspert, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi loyiha ofisi konsultanti Mari-Enn Birken Strategik rivojlanish agentligida seminar-trening oʻtkazdi. Tadbir doirasida huquq yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilariga Xalqaro moliya markazlari va tijorat sudlarining nizolarni hal etishning huquqiy rejimlari va tartiblari haqida maʼlumot berildi.

Oʻzbekistonda xalqaro moliya markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Joriy yilning 7-8-iyul kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligida “Toshkentda xalqaro moliya markazini tashkil qilish: rivojlanish modeli va faoliyatning eng muhim yoʻnalishlari” sessiyasi doirasida ilgʻor xalqaro ekspertlar, moliyachilar, investorlar uchrashdilar. Ular Toshkent xalqaro moliya markazi (TXMM) Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qanday afzallik va imkoniyatlar berishini muhokama qilib, oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar. Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil qilish…

Strategik rivojlanish agentligi tashabbusi bilan xorijiy ekspert Jonatan Charlz vazirliklar rahbariyatlari bilan yana bir necha uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari Sherzod Shermatov ekspertga sohadagi yirik investitsiya loyihalari, IT-parkning maqsad va vazifalari, uning texnologik imkoniyatlari va innovatsion yechimlari haqida maʼlumot berdi. Turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari Baxtiyor Ibrohimov bilan uchrashuvda Jonatan Charlzga mamlakatning sayyohlik brendini tashqi bozorda targ‘ib qiluvchi loyihalar, bu borada yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan…

Jurnalistika va kommunikatsiya sohasidagi ekspert Jonatan Charlz Senat vakili bilan uchrashdi

Strategik rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jonatan Charlz va Senatning axborot siyosati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Farhod Boqiyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda senator Qo‘mita oldiga qo‘yilgan vazifalar, jumladan, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlashni muvofiqlashtirish va nazorat qilish to‘g‘risidagi ma’lumot berildi. Eslatib o’tamiz, parlament yuqori palatasining Qo’mitasi bir…

Jurnalistika va kommunikatsiya sohasidagi ekspert Jonatan Charlz MTRK vakillari bilan uchrashdi

Strategik rivojlanish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartining loyiha ofisi maslahatchilarining koordinatori sifatida jurnalistika va kommunikatsiya sohasidagi ekspert Jonatan Charlz uchun bir qator uchrashuvlarni tashkil etdi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) “O‘zbekiston 24” axborot kanali rahbariyati bilan uchrashuvda kadrlar tayyorlashdan tortib, texnik imkoniyatlargacha bo‘lgan sohaning bugungi holati,…

Agentlik iqtisodiy rivojlanish loyihalari koordinatori

Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jonatan Charlz Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi – Sherzodxoʻja Qudratxoʻja bilan uchrashuv oʻtkazdi. Ochiq muloqot tarzida OAV va matbuot xizmatlari uchun professional kadrlar tayyorlash sohasining holati, istiqbollari, Yangi Oʻzbekistonda soʻz erkinligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga qaratilgan islohotlar, shuningdek…

O‘zbekistonda islohotlar dasturi samaradorligini yanada oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi. Uchrashuvda 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va natijadorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Maslahatchi Chakrabarti O‘zbekiston yetakchisi rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini,…

YETTB kommunikatsiya masalalari boʻyicha direktori Jonatan Charlz AOKA birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov bilan uchrashdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida YETTB kommunikatsiya masalalari boʻyicha direktori Jonatan Charlz AOKA birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov bilan uchrashdi ❗️Eslatib o’tamiz, J.Charlz Prezidentning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik bo’yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti loyiha ofisining maslahatchisi hisoblanadi. Maslahatchining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati Strategik rivojlanish agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Yig‘ilishda AOKA faoliyatiga doir masalalar, davlat va jamoat…