Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Soʻnggi yillarda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblangan samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish boʻyicha keng koʻlamli maʼmuriy islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, davlat organlarining sohaga oid boʻlmagan vazifalarini qisqartirish va faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ularning tuzilmasi oʻrtacha 15 foizga maqbullashtirildi, shuningdek, 26 ta davlat organlari va tashkilotlarida…

Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida mamlakatimizda natijadorlikka yoʻnaltirilgan ixcham va professional davlat boshqaruvi tizimini yaratish boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yangilangan talablar va tamoyillar asosida tashkil etish maqsadida: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish…

O‘zbekiston – Qozog‘iston: strategik rejalashtirish va islohotlar sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayevning O‘zbekistonga uyushtirilgan Davlat tashrifi yakuni bo‘yicha ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kuchaytirishga yo‘naltirilgan 15 ta hujjat imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Qozog‘iston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi o‘rtasidagi Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolangan hujjatlardan biridir. Mazkur Memorandum doirasida Tomonlar strategik rejalashtirish, davlat…

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdilar. O‘zbekiston Prezidenti so‘zining avvalida ko‘p millatli xalqimiz va shaxsan o‘z nomidan Qozog‘iston Prezidenti va qardosh xalqini yaqinda nishonlangan Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Qardosh o‘zbek va qozoq xalqlari ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari bilan chambarchas bog‘langani ta’kidlandi. – Umumiy tariximiz, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz…

Strategik sheriklikni mustahkamlash va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston-Qozog‘iston sammiti yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tarixiy hujjatlar – Ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida shartnoma va O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida shartnomani imzoladilar. Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 15 ta…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Hurmatli deputat va senatorlar! Muhtaram mehmonlar! Jonajon O‘zbekistonimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda. Behisob shukur, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qo‘shilmoqda. O‘zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a’zosi tinch va…

Kelgusi yilda Oʻzbekiston-Yaponiya parlamentlararo forumining 4-yigʻilishi va ishbilarmon doiralar vakillari biznes anjumani boʻlib oʻtadi

Tokioda Oʻzbekiston Strategik islohotlar agentligi Bosh direktori Shuhrat Vafoyev va Liberal-demokratik partiyasi Vakillar palatasi aʼzosi, Yaponiya-Oʻzbekiston parlamentlararo doʻstlik ligasi ijroiya qoʻmitasi rahbari Keysuke Suzuki uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy hamkorlik hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishda ijobiy dinamika qayd etildi. Keysuke Suzuki bundan keyin ham Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani har…

Oʻzbekiston delegatsiyasi Tokioda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo investitsiya forumida ishtirok etdi

Yaponiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Shuhrat Vafoyev boshchiligidagi delegatsiya Tokioda oʻtkazilgan Markaziy Osiyo investitsiya forumida ishtirok etdi. YETTB banki tomonidan Yaponiya hukumati, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JEYBIK) va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JAYKA) hamkorligida tashkil etilgan tadbir “Barqaror oʻsish uchun koʻpriklarni barpo etamiz” shiori ostida oʻtkazildi. Uning shoʻba yigʻilishlari…

✅Rasmiy munosabat

Ommaviy axborot vositalarida Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosarlari lavozimidan ozod etilgani haqidagi maʼlumotlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz: 2022-yil 3-fevraldagi Vazirlar Mahkamasining 56-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosarlari tayinlangan edi. 2022-yil 8-sentyabrdagi “Strategik islohotlarni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-216-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisidagi nutqi

Hurmatli xonimlar va janoblar! Muhtaram mehmonlar!   Avvalo, Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi yig‘ilishining barcha ishtirokchilarini samimiy qutlayman. Bugungi anjumanimizda jahonning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bo‘lgan siz, qadrli do‘stlarimiz va hamkorlarimizni ko‘rib turganimdan g‘oyat mamnunman. Katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu yig‘ilishni tashkil etishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti…