“Yosh liderlar” dasturi ishtirokchilari uchun seminar boʻlib oʻtdi

“Yosh liderlar” dasturi ishtirokchilari uchun seminar boʻlib oʻtdi, uning formatida BAA davlat xizmatlari vakillari mamlakat aholisiga davlat xizmatlarini koʻrsatish texnologiyalarini taqdim etdilar. Xususan, davlat xizmatlaridan foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qiluvchi “Mystery shopper” platformasi toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Seminar yakunida “yosh liderlar” Qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish va tajriba almashish uchun “Emirates partners” bilan bevosita aloqalarni oʻrnatdilar.

Strategik Rivojlanish Agentligi Iqtisodiy Hamkorlik va rivojlanish tashkilotining “Yashil harakatlar 2022” yillik yig‘ilishida ishtirok etdi

2022-yil 30-iyundan 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Strategik Rivojlanish Agentligi Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan GREEN Action 2022 Maqsadli guruhining yillik yig‘ilishida faol ishtirok etdi. Uchrashuvda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo (ShYeKMO) davlatlari, hamda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IHRT) aʼzo davlatlari vazirlik va idoralarining rasmiy vakillari, shuningdek, xalqaro hamkor tashkilotlar, moliya tashkilotlari hamda ekologik jamoat…

“Yosh liderlar” dasturi ishtirokchilari Dubay “smart politsiya mahkamasi” faoliyati va texnologik imkoniyatlari bilan tanishdilar

“Yosh liderlar” dasturi ishtirokchilari Dubay politsiyasiga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida “smart politsiya mahkamasi” faoliyati va texnologik imkoniyatlari bilan tanishdilar. 🤝 Uchrashuv yakunida O’zbekiston jamoat xavfsizligi xizmatlari faoliyatiga raqamli yechimlarni joriy etish uchun ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha kelishuvga erishildi.

Agentlik va XMK: mamlakat EIZlarini samarali rivojlantirish loyihalari  

Strategik rivojlanish agentligi va Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalarining huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Markaziy Bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqari agentligi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish…